Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

SATHINI O'LCHASH 
5.1-§. ASOSIY MA'LUMOTLAR 
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit — suyuqlik yoki sochi-
luvchan jismlar bilan to'ldirilish balandligiga aytiladi. 
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, bu parametr axbo-
rot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish, ayrim hollarda ishlab 
chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarurdir. Sath o'lchash vositalari 
satho'lchagichlar deb ataladi. 
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o'lchash texnologik jarayon-
larni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o'lchash moddaning 
idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab 
chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. 
123 


Ishlash xarakteri jihatidan sathni o'lchagichlar uzluksiz va uzlukli 
(,releli) bo'ladi. Releli satho'lchagichlar moddaning sathi ma'lum balandlikka 
yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath 
signalizatori deyiladi. 
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq 
qiladi. Masalan, suyuqlik sathini o'lchashga mo'ljallangan asboblarning ko'pi 
sochiluvchan moddalar sathini o'lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (at-
mosfera bosimi) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda 
ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. 
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo'ladi. Shkalasiz 
asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi yoki sathning 
chegarasi haqida mustaqil signal beradi. 
5.1- jadvalda o'lchash diapazoniga ko'ra satho'lchagichlar keltirilgan. 
O'lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko'ra sathni 
o'lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo'linadi: vizual; qalqovichli; 
gidrostatik; elektrik (sig'imli, aktiv qarshiliklarning o'zgarishiga muvofiq va 
induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto'lqinli; termokonduktometrli; 
vaznli va boshqalar. Quyida shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling