Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Datchiklar ulangan UVR-011 ultratovush vaqt impulsili sarfo'lchagich


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Datchiklar ulangan UVR-011 ultratovush vaqt impulsili sarfo'lchagich. 
4.21-rasmda datchiklar ulangan UVR-011 ultratovush vaqt impulsili sarf-
o'lchagichning tuzilishi sxemasi keltirilgan. 
Sarfo'lchagich o'tkazish quvurining tashqi tomonidan montaj qilinadi-
gan ikkita elektroakustik o'zgartkichni va mikroprotsessor negizida ishlab 
tayyorlangan elektron blokni o'z ichiga oladi. 
MikroEHM amalga oshiradigan o'lchashlar sikli ultratovush impulsi 
nurlanish yo'nalishlaridan birini (masalan, oqim bo'yicha) tanlashdan bosh-
lanadi, bunga qabul — uzatish kommutatorini tegishli holatga o'rnatish yo'li 
bilan erishiladi. Bunda EP2 signalni uzatadi, EP1 esa uni qabul qilib oladi. 
Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish 
sxemasiga keladi, u yerda kuchaytiriladi va xalaqitlardan filtrlanadi. Shu 
yerning o'zida signalning mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida qaror qabul 
qilinadi, bu ultratovushli tebranishlar yo'qolib qolganda xato o'lchashlar-
ning kelib chiqishining oldini oladi, masalan, o'tkazish quvurini bo'sha-
tishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt oraliqlarini o'lchash 
blokida amalga oshirilib, uning chiqishida t
T
baho mikroEHM ga kelib 
tushadi. So'ngra mikroEHM buyrug'iga ko'ra nurlanish yo'nalishi qarama-
qarshisiga o'zgaradi va t
r
signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o'lchash 
tartibi endi oqimga qarshi takrorlanadi. Shu bilan o'lchash sikli tugallanadi, 
mikroEHM esa 
(4.35) 
ifodaga muvofiq suyuqlik sarflning joriy qiymatini hisoblaydi. Bu yerda 
SG — tezliklarning profiliga bog'liq bo'lgan gidrodinamik koeffitsiyentiga 
teskari proporsional bo'lgan xatolik. 
118 


Datchiklar ulangan UDR-011 ultratovushli Dopier sarfo'lchagichi. 
Asbob o'tkazish quvurining tashqi tomonida joylashgan ikkita EP (4.21-
rasm)ni va kvars generatori, quwat kuchaytirgichi, kvadratur qabul qilgich 
(priyomnik), fazoviy detektor (FD), qabul qilingan signal spektrining og'irlik 
markazini baholash sxemasi bilan hosil qilingan elektron blokni, shuning-
dek, mikroprotsessor negizida ishlangan mikroEHM ni o'z ichiga oladi. 
Mazkur asbobda qabul qilingan signalning kvadratur demodulatsiyasi 
prinsipi amalga oshirilgan bo'lib, u suyuqlik harakatining yo'nalishini 
aniqlashga imkon beradi. 
Quwat kuchaytirgichining chiqishidan kelayotgan, w
0
chastotali uzluk-
siz tebranishlar bilan uyg'otiladigan EP1 truboprovod o'qiga burchak ostida 
nazorat qilinayotgan muhitga nurlanuvchi ultratovushli to'lqinni vujudga 
keltiradi. Qabul qilingan tebranishlar qabul qilgich (priyomnik) ga uzatiladi. 
Uning chiqishida dopier chastotali kvadratur signal ajralib chiqib, u bir 
tomondan FD ga keladi, ikkinchi tomondan spektrning og'irlik markazini 
baholash sxemasining kirishiga keladi. A wst ning son qiymati mikroEHM 
ga kelib tushadi, u yerda (4.34) va (4.35) munosabatlarga muvoflq sarf Q 
ning qiymatini hisoblash amalga oshiriladi. 
UVR-011 va UDR-011 sarfo'lchagichlarning asosiy xarakteristikalari 
(tavsiflari) 4.1-jadvalda keltirilgan. Ikkala asbob qo'llanishga ruxsat etilgan 
o'lchash texnikasi vositalarining Davlat reyestriga kiritilgan. Asboblarni 
ishlatishning davomiyligi yig'indisi hozirgi vaqtga kelib 4000 sutkadan 
ortiqni tashkil etadi. 
119 



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling