Nashriyot-matbaaijodiy uyi


- §. SOCHILUVCHAN MATERIALLAR VA DONADOR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

4.8- §. SOCHILUVCHAN MATERIALLAR VA DONADOR 
BUYUMLARNING MIQDORINI O'LCHASH 
Turli xil sochiluvchan materiallarni o'lchash va
m e ' y o r l a s h ,
sochiluv-
chan buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-
tushirish ishlarini va savdo-hisob operatsiyalarini avtomatlashtirishda keng 
qo'llaniladi. Bunday o'lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar va turli xil 
tenzorezistorli o'zgartkichlar kiradi. 
Tarozi — qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini 
o'lchash uchun mo'ljallangan o'lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, 
tortish prinsipiga, muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubi, 
qo'llanish sohasi, avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va 
hokazolarga ko'ra tasniflanadi. 
Tortish prinsipiga ko'ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan 
tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga 
ko'ra tarozilar ikki guruhga bo'linadi: mexanik (shayinli va prujinali) va 
elektromexanik tarozilar. Qo'llanish sohasi va tortish chegaralariga ko'ra 
tarozilar umumiy vazifani bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik 
tarozilarga; avtomatlashtirish darajasiga ko'ra noavtomatik va avtomatik 
tarozilarga bo'linadi. 
Dozatorlar — sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki 
hajmlarini avtomatik o'lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar 
diskret va uzluksiz ishlaydigan bo'lishi mumkin. Diskret ishlaydigan 
(porsion) dozatorlar, asosan, qurilmalarni balandligi bo'yicha joylashtirila-
digan texnologik jarayonlarda qo'llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar 
112 


qurilmalarni gorizontal joylashtirish va materiallarni konveyer usulida 
tashish bilan bog'liq texnologik jarayonlarda foydalaniladi. 
Tarozi — o'lchash texnikasining zamonaviy holati mexanik tizimlardan 
elektron qurilmalarga kuchning elektromexanik (tenzorezistorli, vibro-
sterjenli) o'zgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan 
foydalangan holda, shu jumladan, mikroprotsessorlardan va maxsus 
qo'llaniladigan mikrosxemalardan foydalangan holda o'lchash bilan 
ifodalanadi. Bu tarozilarning aniqlik, unumdorlik, avtomatlashtirilganlik 
darajasi, ishonchlilik va boshqa shu kabi muhim ko'rsatkichlarini yaxshi-
lashga imkon beradi. 
Tarozi va dozatorlar texnologik qurilmalarning tarkibiy qismi hisobla-
nadi, shuning uchun ham ularning konstruksiyasi va qurilmalari mazkur 
darshkda qarab chiqilmaydi. 
Mazkur bobda texnologik qurilmalarga kiritiladigan avtomatik tarozi 
o'lchash qurilmalari (tarozilar va dozatorlar) ning ba'zi o'lchash o'zgart-
kichlari qarab chiqiladi. Elektromexanik shayinsiz tarozilarning kons-
truksiyasi eng istiqbollidir, bunda yuk ko'taruvchi qurilma bevosita kuch 
o'zgartkichiga ta'sir qiladi. Signalni o'zgartirish va qayta ishlash, tortish 
natijalarini indikatsiyalash, shuningdek, tortish jarayonini boshqarish va 
ma'lumotlarni chiqarish (olish) datchik bilan kabel orqali bog'langan 
ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi. 
DEDVU turidagi kuch o'lchovchi tenzorezistorli o'zgartkichlar (dat-
chiklar) tortuvchi elektrotenzorezistorli qurilmalarda qo'llanish uchun 
mo'ljallangan. O'lchanayotgan kuchning ta'sir ko'rsatish xarakteriga ko'ra 
o'zgartkichlar — davriy bo'shatiladi. O'zgartkichning tuzilishi (qurilmasi) 
4.16- rasm, a da keltirilgan. 
Korpus 1 da elastik element 2 o'rnatilgan bo'lib, u asos 8 va sferik tovon 
5 И silindrik ustunchadan iborat. Elastik elementning ishchi qismida 
tenzorezistorlar 3 yopishtirilgan. Kuchni elastik elementga uzatish uchun 
sferik tovon 5 xizmat qiladi. Korpusning chuqurligida moslashtiruvchi 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling