Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Issiqlik (kalorimetrik) sarfo'lchagichlarining
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- ionli olchash
Issiqlik (kalorimetrik) sarfo'lchagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik
yoki gaz oqimining yordamchi energiya manbayi yordamida qizdirilishiga asoslangan. Bu energiya manbayi oqim tezligi va qizdiruvchi quril- malardagi issiqlik sarfiga bog'liq bo'lgan haroratlar farqini vujudga keltiradi. Agar oqimning atrof-muhitga bergan issiqligini e'tiborga olmasak, qizdiruvchi asbob sarflangan va oqimga uzatilgan issiqlik o'rtasidagi issiqlik balansi tenglamasi quyidagicha bo'ladi: (4.23) bu yerda: g, — qizdirgichning suyuqlik yoki gazga bergan issiqlik miqdori, VR, К — quvur kesimi bo'yicha haroratning notekis tarqalishiga tuzatish koeffitsiyenti; Q m — muhitning massa sarfi, kg/s; C p — muhitning o'zgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sig'imi, J/(kg k); Dt — oqim haroratining qizdirishdan awalgi va keyingi o'rtacha qiymatining farqi, °K. Kalorimetrik sarfo'lchagichlarda oqimga issiqlik, odatda, elektr qizdirgich orqali beriladi. Bu holda (4.24) (4.23) va (4.24) ifodalar asosida massa sarfini topamiz: (4.25) Kalorimetrik sarfo'lchagichlar ikki guruhga bo'linadi. Ulardan birin- chisida sarfqizdirgich iste'mol qilgan quwat miqdoridan aniqlanadi. Bu quwat o'zgarmas haroratlar farqi At ni ta'minlaydi. Ikkinchi guruhdagi kalorimetrik sarfo'lchagichlar sarf qizitgichga berilgan o'zgarmas quwat- dagi At haroratlar farqidan aniqlanadi. Haroratlar farqi, odatda, termo- juftlar yoki qarshilik termometrlari orqali o'lchanadi. Qarshilik termometr- larini bir me'yorli oqim kesimini qoplaydigan to'r shaklida tayyorlab, kesim bo'yicha o'rtacha haroratni o'lchash mumkin. O'lchanayotgan muhit, odatda, 1...3 °C ga qizdiriladi, shuning uchun, sar fo'lchangan paytdagi iste'mol qilingan quwat katta bo'lmaydi. Modda sarfini o'lchashda, ko'pin- cha, ikkinchi guruh sarfo'lchagichlari ishlatiladi. 4.10-rasmda ikkinchi guruh sarfo'lchagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Sarfo'lchagichga ketma-ket ulangan ikkita qarshilik termo- metrlari 1 va 2 o'rnatilgan. Termometrlarning ketma-ket ulanishi ulardagi tokning tengligini ta'min- laydi. Bu hoi termometrlarni qizitgich 3 dan awalgi va undan keyingi haroratlar farqi bo'yicha darajalashga imkon beradi. Qarshilik termo- 107 metrlarining ikki tirsagi R { va R 1 doimiy qarshilikdan iborat bo'lgan ko'prik tirsaklariga ulanadi. Kalorimetrik sarfo'lchagichlarning afzalliklari — yuqori aniqlik sinfiga ega (xatoligi ±0,5...1%); o'lchash diapazoni katta (10:1); pulslanuvchi va kichik sarflarni o'lchash imkoni bor. Bu asboblaming kamchiligi — beril- gan haroratlar farqi va oqimni isitish uchun elektr quwatining doimiy- ligini avtomatik ravishda saqlash murakkab. Kalorimetrik sarfo'lchagichlar, asosan, gazlar sarfini o'lchash uchun ishlatiladi. Gazlar sarfini o'lchash uchun ionli o'lchash usulidan foydalanish mumkin. Bu usul quvurdan o'tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma'lum vaqt o'tgach (bu vaqt gaz tezligiga bog'liq) nurlanish qabul qilgichiga boradi va bu yerda tok impulsi hosil bo'ladi. Shundan so'ng impuls kuchlanadi va bir qator o'zgartishlardan so'ng sarf birligiga keltiriladi. Shu bilan birga, harakatdagi oqimga vaqt-vaqti bilan izotopli radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan chiqadigan impulslar qabul qiluvchi qurilma orqali tutiladi va qator o'zgartuvchi elementlar yordamida o'lchash asbobiga uzatiladi. Ionli asboblar ishda g'oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish, qo'zg'atish va ta'mirlash uchun maxsus xizmat xonasi, xizmat ko'rsatuv- chi xodimlar talab qilinadi, radioaktiv nurlanishdan tegishli himoya kerak bo'ladi. Shuning uchun, amalda sarfni o'lchash uchun neytral nurlanish, masalan, ultratovush nurlanish ma'qulroq. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling