Nashriyot-matbaaijodiy uyi


- §. O'ZGARUVCHAN SATHLI SARFO'LCHAGICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

4.4- §. O'ZGARUVCHAN SATHLI SARFO'LCHAGICHLAR 
O'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning 
idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqi-
shidagi sath balandligini o'lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa 
sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar sarfini o'lchashda, shuningdek, gaz 
bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va suyuqliklar sarfini o'lchashda ishla-
tiladi. O'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfini 
atmosfera bosimida o'lchaydi, shuning uchun bu asboblarning ishlatilishi 
cheklangan. 
O'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig'im 
(idish) va suyuqlik sath balandligini o'lchaydigan asbob kiradi. Sath ba-
landligi o'lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o'lchash asbobi 
ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig'im sifatida esa dumaloq (diafrag-
ma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to'rtburchak idish xizmat qiladi. 
Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo'yicha aniq-
lanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi 
mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo'-
lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylash-
gan bo'lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki 
chetidan baland bo'lmasligi lozim. 
4.6-rasmda ko'rsatilgan sarfo'lchagich ikki shtutserli to'rtburchak idish 
2 dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo'lib, suyuq-
likni kiritish uchun, ikkinchisi esa pastda joylashgan bo'lib, suyuqlikning 
oqib chiqishi uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to'siq bilan 
bo'lingan, bu to'siqqa profillangan teshikli shit germetik ravishda mah-
102 


kamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi 
g'ilofli pyezometrik naycha 1 cho'ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat 
stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali 
o'zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o'lchanadi. Filtr 7 
havoni tozalaydi. Pyezometrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik 
ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga 
bog'liq. Pyezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati dif-
manometr 3 bilan o'lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarfo'lchagichning 
xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo'linmalari tengligida-
dir. 
Tirqishli sarfo'lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama 
bilan aniqlanadi: 
(4.15) 
bu yerda: a — sarf koeffitsiyenti; S
0
— tirqishning yuzasi; L — tirqishdagi suyuqlikning 
balandligi. 
Tirqishli sarfo'lchagichning sarf koeffitsiyenti tirqishning geometrik 
shakliga, ayniqsa, kirish qismidagi qirraning o'tkirligiga bog'liq. Taqribiy 
hisobda sarf koeffitsiyenti a ning qiymati 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf 
koeffitsiyentining aniq qiymati asbobning o'zini darajalashda aniqlanadi. 
Tirqishli sarfo'lchagichlarda bosim difmanometr orqali o'lchanadi. Sarf-
o'lchagich bilan difmanometr o'rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m 
dan, difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 
metrdan oshmasligi kerak. O'lchash chegarasi 10...50 m
3
/soat bo'lgan quril-
maning asosiy xatosi +3,5 %. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling