Nashriyot-matbaaijodiy uyi
- §. ULTRATOVUSHLI, ISSIQLIK VA IONLI
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
4.6- §. ULTRATOVUSHLI, ISSIQLIK VA IONLI
SARFO'LCHAGICHLAR Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar, shuningdek, tez o'zgaruvchan va pulslanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o'tkazmay- digan suyuqliklar sarfini o'lchashda induksion sarf o'lchagichlarni ishla- tib bo'lmagan hollarda ultratovushli qurilmalardan foydalaniladi. Sarf o'lchashning ultratovushli usuli quvurga nisbatan ultratovush tezligining oqim tezligiga bog'liqligiga asoslangan. Tovush to'lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi faqat tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluv- chi muhitning tezligiga ham bog'liq bo'ladi. Sarf o'lchashning ultra- tovushli prinsipi shunga asoslangan. Agar tovush to'lqini oqim yo'nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo'shiladi, tovush oqimga qarshi yo'nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ultra- tovushning oqim bo'yicha va unga qarshi yo'nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga, binobarin, oqayotgan suyuqlik sarfiga mutanosib. Ultra- tovushli sarf o'lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga asoslangan: 1) ultratovushning oqim bo'ylab va unga qarshi yo'nalishdagi vaqt tafovutini o'lchash; 2) ultratovush tebranishlarining oqim bo'ylab va unga qarshi yo'na- lishdagi tebranishlari fazalarining siljishini o'lchash; 3) avtotebranishlar sxemasi vujudga keltiigan va shu bilan birga, oqim bo'ylab hamda unga qarshi yo'nalishda hosil qilingan ultratovush tebra- nishlari chastotasining ayirmasini o'lchash. 105 Ultratovushli sarfo'lchagichlardan birining tu- zilish sxemasi 4.9- rasmda ko'rsatilgan. Bu asbob ikki kanalli fazaviy sxema bo'yicha ishlaydi. Ultra- tovushli sarfo'lchagichlar quyidagi asosiy qism- lardan iborat: UTG — ultratovush generatorining ta'minlash manbayi; NO',, va N0' 2 — nurlanuvchi o'zgartkichlar; QP, va QP 2 — qabul qiluvchi pyezoo'z- gartkichlar; FQ — faza o'zgartiruvchi qurilma, faza- viy siljishlarni o'zgartkichlar kanali asimmetriyasi yo'li bilan bartaraf etadi; К — elektron kuchay- tirgich, O'A — o'lchash asbobi. O'lchash asbobi sarf birligida darajalanadi. Pyezoelementlar sifatida, ko'pincha, bariy titanatdan ishlangan plastinkalar ishlatiladi. Pyezoelementlar kvars, titanosirkoniy, sopol hamda magnitostriksion bo'lishi mumkin. Ultratovush impulslari quvur o'qiga shunday burchakda yuboriladiki, ularning bir kanaldagi yo'nalishi oqim yo'nalishiga mos kelsin, ikkinchi kanaldagi yo'nalishi esa oqimga qarshi boradi. Suyuqlik harakatsiz bo'lgan paytda impulsni D masofaga uzatish vaqti quyidagicha: (4.19) bu yerda: т — impulsni uzatish vaqti, s; C a — suyuqlikdagi tovushning tarqalish tezligi, m/s. Agar suyuqlik v tezlikda harakat qilsa, yo'nalishdagi tovushning tarqalish tezlik komponenti v co Q kabi ifodalanadi. Impulsning nurlanuvchi manbalar orasidagi oqim yo'nalishida tarqalishi: (4.20) oqimga qarshi yo'nalishda tarqalishi: (4.21) Ikkala kanaldagi chastotalar farqi: (4.22) bu yerda: Af — chastotalar farqi, Hz; 0 — suyuqlikda to'lqinlarning tarqalish burchagi. Shunday qilib, suyuqlik harakatining tezligini ko'rsatuvchi chastotalar farqi faqat shu tezlikka bog'liq. Ultratovush sarfo'lchagichlar sarfni kontaktsiz 106 o'lchashni ta'minlaydi va boshqa usullarni qo'llab bo'lmagan hollarda foydalaniladi. Murakkabligi tufayli bu asboblar keng tarqalmagan. Ularning katta kamchiliklari: asbob ko'rsatishga o'lchanayotgan muhitning fizik- kimyoviy xossalarining o'zgarishi hamda muhitning harorati, ultratovush tezligiga ta'sir etadi. Asbobning asosiy xatosi o'lchash chegarasi (7000 1/soat) ning ±2 % ini tashkil qiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling