Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Radioto'lqinli satho'lchagichlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Radioto'lqinli satho'lchagichlar. Suyuq metall sathini o'lchashda istiqbolli 
usul — radioto'lqinli usuldir. Elektromagnit to'lqinlarining tebranish para-
metrlarining suyuqlik sathiga bog'liqligiga asoslangan satho'lchagichlar ra-
dioto'lqinli satho'lchagichlar deb ataladi. 
Radioto'lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli 
va rezonansli usullar kiradi. 
Radioto'lqinli satho'lchagichlarning ishlashi elektromagnit to'lqinlarning 
elektr va magnit xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan 
qaytishi hodisasiga asoslangan. 
Elektromagnit to'lqinlarning tarqalish tezligi v muhitning dielektrikligi e 
va magnit o'tkazuvchanligi ц qiymatlari bilan topiladi: 
(5.22) 
bu yerda: С — vakuumda yorug'lik tezligi. 
Satho'lchagich sxemasi (5.14-rasm) nur tarqatgich 7, elektromagnit 
energiyasi qabul qilgichi 2 va vaqt oralig'ini o'lchash qurilmasi 3 dan iborat. 
Sath qiymati h nur tarqatgich signalni jo'natish payti bilan qaytgan signal 
qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. 
Bu kattaliklar ushbu munosabat bilan bog'langan: 
(5.23) 
Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi (agar 
suyuqlik elektr o'tkazmaydigan bo'lsa, lokatsiya prinsip jihatidan suyuqlik 
orqali ham amalga oshirilishi mumkin). Lokatsi-
yaning gaz (havo) orqali olib borilishi ma'qulroq, 
chunki nur tarqatgichlar suyuqlik ta'siriga beril-
maydi, bundan tashqari, gazlarning magnit va 
dielektrik o'tkazuvchanligi katta emas va amalda 
gazning parametrlari o'zgarishiga va xossalariga 
bog'liq emas. Bu satho'lchagich ko'rsatishlarining 
amalda suyuqlik xossalariga bog'liq emasligini 
ko'rsatadi. Bunday satho'lchagichlarning kamchiligi 
kichik vaqt oralig'ini aniq o'lchash qiyinligidir, 
ular nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga 
g'oyat sezgir. Suyuq metallarning satho'lchagichlari 
200 mm gacha o'lchash diapazoniga ega, o'lchash-
ning asosiy xatoligi ±2 %. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling