Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

TAYANCH SO'Z VA IBORALAR 
Moddalar sathini o'lchash; qalqovichli satho'lchagichlari; gidrostatik 
satho'lchagichlari; elektr satho'lchagichlari; ultratovushli satho'lchagich-
lari. 
Nazorat savollari 
1. Moddalar sathini o'lchashning qanday usullari mavjud? 
2. Qalqovichli satho'lchagichlarni ishlash prinsipini tushuntirib bering. 
3. Gidrostatik satho'lchagichlarni ishlash prinsipini tushuntirib bering. 
4. Elektr satho'lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering. 
5. Ultratovushli satho'lchagichlar sanoatning qaysi tarmoqlarida ishlatiladi? 
6. Sochiluvchan moddalar sathi qanday o'lchanadi? 
VI bob. MODDALARNING TARKIBI VA FIZIK XOSSALARINI 
NAZORAT QILISH 
6.1-§. ASOSIY MA'LUMOTLAR 
Texnologik jarayonlarni harorat, bosim, sarf va sath kabi parametrlarga 
ko'ra boshqarish, ko'pincha, talab etilgan sifatdagi mahsulotlar olishga 
kafolat bera olmaydi. Ko'p hollarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
tarkibi va fizik xossalarini avtomatik tarzda nazorat qilish zarurati tug'iladi. 
Texnologik jarayonlar davomida qayta ishlanayotgan moddalarning tarkibi va 
ularning fizik xossalari o'zgaradi, bu parametrlarni nazorat qilish 
texnologik jarayonlarning borishi to'g'risida bevosita fikr yuritishga imkon 
beradi, chunki ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ifoda-
laydi, shuning uchun moddalarning tarkibini va fizik xossalarini nazorat 
qilish asosiy masalalardan biridir. Shu munosabat bilan keyingi yillarda 
analitik asbobsozlikning jadal rivojlanishi sodir bo'lmoqda. 
141 


Moddalarning tarkibi va flzik-kimyoviy xossalari haqidagi o'lchash 
axborotini olish uchun mo'ljallangan o'lchash vositalarini analizatorlar deb 
atash qabul qilingan. Avtomatik analizatorlar tahlil qilinayotgan muhitning 
tarkibini emas, balki aniq fizik parametrni o'lchaydi, uning o'zgarishi bu 
muhitda aniqlanayotgan komponentning miqdoriy-sifatiy o'zgarishlarini 
ifodalaydi. 
Turli xil belgilar bo'yicha analitik o'lchash vositalarini tasniflash ancha 
qiyin. O'lchash vositalari tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossa-
lari, komponentlar soni, ijro etilishi, chiqish signali, axborotni berish 
uslubi va hokazolar bo'yicha tasniflanishi (xarakterlanishi) mumkin. 
Gazlarni avtomatik tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: 
namunani oldindan o'zgartirmasdan — termokonduktometrik, termomag-
nit, absorbsion optik (infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik 
usullar: namuna oldindan o'zgartiriladigan — elektr-kimyoviy (konduk-
tometrik, kulonometrik, polagrafik, potensiometrik) termokimyoviy, foto-
kalorimetrik, alanga-ionlashuv, aerozol-ionlashuv, xromatografik, mas-
saspektrometrik usullar. 
Suyuq muhitlarning tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat 
qilishda sanoatda sinov moddasini dastlabki o'zgartirishsiz tahlil qilish uslubi 
keng tarqaldi: konduktometrik, potensiometrik, polarografik, dielkometrik, 
optik (refraktometrik, polarizatsion, turbodimetrik, nefelometrik), to'yin-
gan bug' bosimlari bo'yicha, radioizotopli, mexanik (zichlik), kinematik 
(qovushqoqlik) va boshqalar hamda sinov moddasini dastlabki o'zgartirish 
bilan — titrometrik. 
Namlik miqdorini o'lchash vositalari alohida guruhga ajratiladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling