Nashriyot-matbaaijodiy uyi


 — N. R. Yusupbekov va boshq. 145


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

10 — N. R. Yusupbekov va boshq. 145 


gazning tarkibi asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi. Taqqoslash 
ko'prigi В ning ikkita yelkasi 6 va 8 gaz muhitida turadi, uning tarkibi asbob 
shkalasining boshlanishiga mos keladi, yelkalar 5 va 7 esa tarkibi shkala 
oxiriga mos keladigan gaz muhitida turadi. 
Taqqoslash ko'prigi В ning diagonaliga reoxord R
r
ulangan, uning 
surilgichi (dvijok) va A ko'prikning uchi elektron kuchaytirgich EK ning 
kirishiga ulangan. Reversiv dvigatel RD reoxordning surilgichini va asbobning 
ko'rsatkich strelkasini ko'prik uchlaridagi shkalada kuchlanish surilgichning 
reoxorddan oladigan kuchlanishi bilan muvozanatlashmaganiga qadar suradi. 
Gaz analizatorining ko'rsatishi ta'minlash manbayi kuchlanishining o'zgari-
shiga va atrof-muhit haroratining o'zgarishiga bog'liq emas. 
TP turidagi gaz analizatorlari bir nechta rusumlarda ishlab chiqariladi: 
TP 1120 — binar va ko'p komponentli gaz aralashmalarida vodorod miq-
dorini aniqlash uchun; TP 7102 — havodagi geliy miqdorini aniqlash 
uchun; TP 4102 — havodagi azot va geliy miqdorini aniqlash uchun. Tahlil 
qilinayotgan gaz turi va o'lchash chegaralariga ko'ra asosiy xatolik +2,5; ±4,0; 
±10 % bo'ladi. Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm
3
/s, bosim 70—130 
kPa. Ko'rsatishlarni aniqlash vaqti 3 dan 110 s gacha. Chiqish signallari 
0 - 5 mA; 0 - 1 0 0 mV; 0-10V. 
Termomagnitli gaz analizatori. Gazlar orasida kislorod alohida paramag-
netizm xususiyatiga ega. Kislorod magnit maydonga boshqa gazlarga nisbatan 
ko'proq tortiladi. Uning bu xossasi murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod 
konsentratsiyasini o'lchashga imkon beradi. 
Barcha (kislorodni tahlil qiladigan) magnitli gaz analizatorlari termo-
magnit va magnitomexanik asboblarga bo'linadi. 
Kislorodning harorati o'zgarganda uning magnit xossalarining o'zgarish 
samarasiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul termo-
magnit konveksiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o't-
kazgich bir jinsli bo'lmagan magnit maydonga o'rnatilsa, gaz aralashma-
sining xossasi kamayadi, shu sababli o'tkazgich atrofida magnit maydonning 
kuchli yerlaridan kuchsiz yerlariga tomon 
aralashmaning harakati boshlanadi. Harorat-
ning ko'tarilishi sababli gazning magnit xos-
sasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining 
ichki oqimi vujudga keladi. Bu oqimda qizi-
gan gaz aralashmasi termomagnit konveksiya 
hodisasi sababli uzluksiz siqib chiqariladi. 
6.3-rasmda termomagnitli gaz analizatori-
ning prinsipal sxemasi keltirilgan. 
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining 
harorati issiqlik almashtirgich 1 yordamida 
turg'unlashadi. Aralashma sarfining doimiy-
ligi o'lchash o'zgartkichi 2 ni rotametr 3 
146 


orqali shuntlash yo'li bilan ta'minlanadi. Shu sababli tizim kirishidagi gaz 
sarfining tebranishlari o'zgartkichdan o'tish tezligiga ta'sir qilmaydi, chunki 
a va b nuqtalar orasidagi bosimlar farqi doimiy bo'lib qoladi. O'zgart-
kichning gazli bo'shlig'i ko'ndalang kanalli halqa kamera 4 shaklida dia-
magnit materialdan ishlanadi. Kanalning kirish qismi doimiy magnit 
maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt3, Rt4 ikki seksiyali platina 
chulg'amlar o'rnatiladi, bu chulg'amlarning qarshiligi nomuvozanat ko'p-
rikning ikki yelkasini hosil qiladi. Agar boshlang'ich aralashmada kislorod 
bo'lmasa, ko'ndalang kanalda harakat bo'lmaydi. Aralashmada kislorod 
bo'lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo'nalib, kanalga tortiladi. Rt 
chulg'amlar o'lchash sxemasi manbayining toki ta'sirida 100 ... 200°C gacha 
qizdirilganligi sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Harorat 
ko'tarilishi bilan magnitning kislorodga ta'siri kamayadi, shuning uchun 
gazning yangi qismi magnit maydon hududiga tortilib, qizigan kislorodni 
halqa kameraga itaradi. 
Gazning hosil bo'lgan konveksion oqimi issiqlikni, asosan, chulg'am-
dan oladi, shuning uchun seksiyalar harorati har xil bo'lib qoladi. 
R
t
3 va R
t
4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentratsiyasiga 
mutanosib o'zgarishi natijasida, ko'prikning o'lchash diagonalida nobalanslik 
signali paydo bo'ladi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida 
darajalangan avtomatik potensiometr orqali o'lchanadi. O'lchash ko'prigi 
stabillashgan ta'minlash manbayidan (STM) ta'minlanadi. Qarshilik R5 
ko'prik manbayining tok kuchini o'rnatish uchun xizmat qiladi; R1 va R2 
doimiy manganin qarshiliklar. 
O'lchashning termomagnit usulida xatolar, asosan, quyidagi sabablarga 
ko'ra sodir bo'ladi: 
a) atrof-muhit haroratining o'zgarishi natijasida gaz aralashmasining 
magnitlanishi o'zgaradi; 
b) sezgir element issiqligining o'zgarishi (o'lchash ko'prigi manbayi 
kuchlanishining o'zgarishi); 
c) tekshirilayotgan gaz aralashmasi yoki atmosfera bosimining o'zga-
rishi; 
d) magnitlarning eskirishi natijasida magnit maydoni kuchlanganligining 
o'zgarishi. 
Sezgirlikni oshirish va xatoliklarni kamaytirish uchun sanoatda foydala-
niladigan gaz analizatorlarida o'lchash va taqqoslash ko'priklarining tegishli 
yelkalariga ulangan ikkita halqali kompensatsion o'lchash sxemalari qo'l-
laniladi. 
Tahlil qilinayotgan gaz harorati va bosimining o'zgarishi, shuningdek, 
o'lchash sxemasini ta'minlovchi kuchlanishning o'zgarishi har qaysi 
ko'prikning o'lchash diagonallaridagi kuchlanishiga bir xilda ta'sir etadi, 
shuning uchun gaz analizatorining ko'rsatishlariga bu o'zgarishlar ta'sir 
qilmaydi. 
147 


Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun MN 
5106-1 turidagi termomagnit gaz analizatori ishlatiladi, uning o'lchash 
chegaralari bir nechta bo'lib, ulardan eng maksimali 0—10 %. Yuqori 
o'lchash chegarasining asosiy xatoligi ±2 %. MN 5130-1 rusumli gaz 
analizatori ikki yoki uch komponentli gaz aralashmalaridagi kislorod kon-
sentratsiyasini uzluksiz o'lchash va standart elektr signallari berish uchun 
mo'ljallangan. Signal berish qurilmasi bilan jihozlangan. O'lchash nati-
jalarini ko'rsatish va yozish uchun gaz analizatori bilan birgalikda ikkilamchi 
o'ziyozar asbobdan foydalaniladi. Kislorodni o'lchash chegaralari 0—0,5 dan 
80—100 % gacha. Asosiy xatolik ±2 dan 10 % gacha (o'lchash chegaralariga 
qarab) atrofida. Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm
3
/s, bosimi 90—105 
kPa. O'lchash vaqti 120 s. Chiqish signallari 0—5 mA, 0—100 mV. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling