Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Ionli gaz analizatorlari. Ionli gaz analizatorlaridan havodagi zararli 
moddalarni aniqlashda, shuningdek, portlash xavfi bor gaz aralashmalarini 
nazorat qilishda foydalaniladi. Ular ishlash prinsipi bo'yicha ikki guruhga: 
alangali-ionli va aerozolli-ionli gaz analizatorlariga bo'linadi. 
Alangali-ionli gaz analizatorlari organik moddalarning vodorod alangasida 
ionlashuviga asoslangan. Alangali-ionli o'zgartkich elektr maydonga' joy-
lashtirilgan vodorod gorelkasidan iborat. Sof vodorod yonganida ionlar deyarli 
hosil bo'lmaydi, shuning uchun sof vodorodning elektr o'tkazuvchanligi juda 
ham past bo'ladi. Organik moddalarning alangasi paydo bo'lganida ularning 
ionlashuvi sodir bo'ladi va alanganing elektr o'tkazuvchanligi keskin ortadi. 
Bu gaz analizatorining prinsipial sxemasi 6.11-rasmda keltirilgan. O'l-
chash elektrodlaridan biri gorelka 1 bo'lib, unga manba 4 dan 60—300 V 
li o'zgarmas kuchlanish beriladi, gorelka korroziyaga bardoshli po'lat yoki 
titandan tayyorlanadi. Ikkinchi (kollektorli deb yuritiladigan) elektrod o'r-
nida yupqa devorchali silindr xizmat qiladi, u gorelka 1 bilan o'qdosh 
bo'lib, nodir metallar (platina, oltin, titan) dan tayyorlanadi. O'zgartkich-
ning ionlanish kamerasiga yonishni saqlab turish va vodorodning yonish 
mahsuloti bo'lgan suvning kondensatsiyalanishining oldini olish uchun havo 
kiritib turiladi. 
159 


O'zgartkich zanjirida ionlanish tokining paydo bo'lishiga reaksiya davomida 
elektrodlarda musbat va manfiy zaryad eltuvchilarning hosil bo'lishi sabab 
bo'ladi. Ionlanish tokining kuchi 10~
7
— 10~
8
A dan oshmaydi. Shu rau-
nosabat bilan o'zgartkichning tok signali o'zgarmas tok kuchaytirgichi 5 ga 
beriladi. Kuchaytirilgan signal ikkilamchi asbob 6 ga (masalan, avtomatik 
potensiometrga yoki signallash qurilmasiga) keladi, bu qurilma konsentratsiya 
berilgan qiymatidan ortib ketganida signal chiqaradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling