Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Fotokalorimetrik gaz analizatorlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Fotokalorimetrik gaz analizatorlari. Bu gaz analizatorlarida erigan
moddaning konsentratsiyasi eritma yoki lentaning jadal bo'yalishiga qarab aniqlanadi. Suyuqlikli va lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari gazlarning mikrokonsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu gazlar (H 2 S, S0 2 , NH 3 , Cl 2 , NO, N0 2 ) maxsus tanlangan reaktivlar bilan rangli reaksiyaga kirishadi. Bu asboblaming flzikaviy asosi Buger-Lambert-Ber qonunidir. Bo'yalgan komponentlar (yoki reaksiyaga kirgan gaz massasi) ning konsen- tratsiyasi quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi: (6.7) bu yerda: D, — optik zichlik: % — yutilish koeffitsiyenti; l x — kyuvetning uzunligi. Fotokalorimetrik tahlil qilish usuli yuqori sezgirlikka va tanlovchanlikka ega. Bu usul sezgirligining yuqoriligi tahlil qiUnadigan komponentni eritmada yoki indikator lentasida yig'ish imkoniyati borligi bilan belgilanadi. Usulning tanlovchanligi yuqoriligiga tahlil qilinayotgan komponent bilan reaktiv- indikator o'rtasidagi reaksiya sabab bo'ladi. 6.10-rasmda eritma yoki gaz davriy ravishda uzatiladigan FKG turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorining sxemasi ko'rsatilgan. Asbobda ikki optik kanal: ishchi va taqqoslash kanallari bo'lib, ularning ichida ishchi kyuvet 4 va taqqoslash kyuveti 12 joylashtirilgan. Absorbsiyalovchi eritma bak 15 dan nasos yordamida taqqoslash kyuveti orqali dozator 6 ga haydaladi. Dozatorda to'kish naychasi 7 bor bo'lib, u orqali ortiqcha eritma bakka qaytib qo'yiladi. Buyruq beruvchi rele belgilay- digan teng vaqt oraliqlarida elektromagnit klapan 3 ishga tushadi, u kyuvet 4 dagi ishlab bo'lgan eritmani bakka chiqarib yuboradi, bu yerda eritma 157 regeneratsiyalanadi. Kyuvetlar bo'shatilganidan keyin klapanlar 5 va 8 ishga tushib, dozator ular yordamida eritma beruvchi quvurchadan uziladi va ayni bir vaqtda kyuvet 4 bilan birlashib, unga eritmaning o'lchangan hajmini quyadi. Klapanlar 5 va 8 dozatorni yangi eritma bilan to'ldirish uchun dastlabki vaziyatlariga qaytadi. Kyuvet 4 da eritmaning yangi berilgan porsiyasi orqali tekshirilayotgan gaz chiqib ketganidan keyin rangli reaksiya sodir bo'ladi. Ma'lum vaqt tutib turilganidan keyin buyruq relesi klapan 3 ni ochadi va navbatdagi sikl boshlanadi. Har ikkala kyuvet orqali yoritish lampasi 2 dan linza 1 orqali yorug'lik oqimi o'tadi. Kyuvetlarning orqasida fotoelementlar 9 va 14 joylashgan bo'lib, ular kyuvetlardagi eritmalardan o'tgan yorug'lik oqim- larini qabul qiladi. Fotoelementlar elektron kuchaytirgich 10 ning chiqishiga differensial tarzda ulangan bo'lib, u ikki fotoelementning signallari farqini kuchaytiradi. Kuchaytirilgan signal reversiv dvigatel 11 ning boshqaruvchi chulg'amiga keladi, dvigatel kompensatsiyalovchi optik pona 13 ni kyuvet 12 ning optik kanalida har ikki fotoelement bir xildagi yoritilganlikka ega bo'lganiga qadar kerakli yo'nalishda siljitadi. Optik ponaning surilish kattaligi va u bilan bog'liq bo'lgan asbob ko'rsatkichining surilish kattaligi tekshirilayotgan gaz- dagi aniqlanadigan komponent konsentratsiyasining o'lchovi bo'ladi. Ishlab chiqarish xonalari havosidagi xlor qoldiqlarini o'lchash diapa- zonining ± 20 % iga teng xatolik bilan aniqlashga imkon beradigan gaz analizatorlaridan sanoat FKG-ZM turidagi fotokalorimetrik analizatorlarni ishlab chiqaradi. Asbobsozlik sanoati FSL turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlarini ishlab chiqaradi. Uning ishlashi kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo'lgan lentadagi dog'dan qaytgan yorug'lik oqimini etalon yorug'lik oqimi bilan taqqoslashga asoslangan. 158 FSL turidagi lentali gaz analizatorlarining boshqa rusumlari ishlab chiqarish xonalari va texnologik liniya havosidagi fosgen, vodorod sulfid, sianid kislotani aniqlash uchun chiqariladi. Ishlab chiqarish xonalarining havosidagi ammiak miqdorini 0—3 • 10~ 3 va 0—3 • 10~ 2 % chegarasida aniqlash uchun FSL1,107 turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlari ishlab chiqariladi. Lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari uchun ishchi eritma sarfining juda kamligi va u bilan bog'liq bo'lgan yuqori sezgirlikka erishish osonligi xarakterlidir, chunki gazlarning reaksiyaga kiruvchi miqdori bilan erigan miqdorining nisbati juda katta bo'lishi mumkin. Biroq lentaning sirti bir jinsli bo'lmaganligi va boshqa bir qancha omillar ta'siri tufayli lentali fotoka- lorimetrik gaz analizatorlarining xatoligi suyuqlikli fotokalorimetrik gaz ana- lizatorining xatoligidan yuqoridir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling