Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Aerozolli-ionli gaz analizatorlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Aerozolli-ionli gaz analizatorlari gazni tahlil qiladigan radioizotopli
asboblarga taalluqli bo'lib, ularda gaz muhitining fizik parametri — gazlarning elektr o'tkazuvchanligi, ionlanuvchi nurlanish ta'sirida bo'lgan gazlarning elektr o'tkazuvchanligi o'lchanadi. Bu asboblarda gazning yoki aktiv izotop ko'rinishidagi ichki ionlanish manbayiga ega bo'lgan ionlanish tok kamerasi sezgir element bo'lib xizmat qiladi. Muhitning nazorat qilinayotgan kom- ponenti konsentratsiyasining o'lchovi bo'lib, kameraning elektrodlari orasida ularga kuchlanish berilganda hosil bo'ladigan ionlanish toki xizmat qiladi. Bu gaz analizatorlarining xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat qilinayotgan komponent oldin aerozol holatiga keltiriladi. Bu yerda hosil bo'ladigan aerozol zarralari soni nazorat qilinayotgan komponent konsen- tratsiyasiga mutanosib bo'lib, ionlanish tokining o'lchanayotgan kuchining o'zgarishini aniqlaydi. Aerozol zarralari ta'sirida kamera ionlanish toki / ning o'zgarishi quyidagi munosabat bilan ifodalanadi: (6.8) bu yerda: / 0 — kamerada aerozol zarralari bo'lmagandagi boshlang'ich tok kuchi; N— Brikard doimiysi bo'lib, uni gaz ionlarining aerozol zarralaiga o'tirish ehtimoli borligi nuqtayi nazaridan aniqlanadi; С — gazdagi aerozol zarralarining kon- sentratsiyasi; г — gaz ionlarining kamera ichida „yashash" vaqti bo'lib, uni ionlanish kamerasining tuzilishi va elektr maydonning kuchayishiga qarab aniqlanadi; r — aerozol zarralarining o'rtacha radiusi. 6.12-rasmda aerozolli-ionli gaz ana- lizatorining prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Nurlanish manbayi 1 va ionlar kollektori 3 joylashitirilgan ionizatsion oqim kamerasi 2 ga gaz sarfi uyg'otgichi bilan tahlil qilinayotgan havo so'rib olinadi. Ayni bir vaqtda kameraga tegishli kimyoviy rea- gentning bug'lari kiritiladi. Kamera ichida kimyoviy reaksiya sodir bo'lib, buning natijasida aniqlanayotgan komponent aero- zolga aylanadi. 160 Ionizatsiya toki qarshiligi katta nagruzka rezistori R da kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi, bu kuchlanish o'zgarmas tok kuchaytirgichi 4 da kuchaytiriladi. Aerozol zarralarining konsentratsiyasiga ko'ra o'zgaradigan ionizatsion tokning kuchi aniqlanayotgan komponent konsentratsiyasining o'lchovi hisoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 aniqlanayotgan komponentning konsentratsiyasini ko'rsatadi. Asbobdan havodagi zararU moddalarni, shu jumladan, azot oksidlari, vodorod xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining yuqori chegarasi aniqlanayotgan komponentning 0,5 dan 50 mg/m 3 miqdorida o'rnatiladi. Asosiy xatolik shkala chegarasining 10—15 % i atroflda. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling