Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida
- Konduktometrik gaz analizatorlari
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari. Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni
va bug'larni uzluksiz tarzda avtomatik tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa, bu usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning mikrokonsentratsiyasini, toza gazlar ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar konsentratsiyasini, shuning- dek, suyuqliklarda erigan gazlar konsentratsiyasini aniqlash uchun keng qo'llaniladi. Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida biror komponentning konsentratsi- yasi aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralash- masining elektr-kimyoviy xossalarining o'zgarishiga qarab aniqlanadi. Quyida eng ko'p tarqalgan asboblar ko'rib chiqiladi. Konduktometrik gaz analizatorlari gaz aralashmasining o'lchanadigan komponentini absorbsiyalovchi yutuvchi eritmalarning elektr o'tkazuv- chanligini o'lchashga asoslangan. Kontaktli konduktometrik usullar yutuvchi eritma o'lchash yacheyka- sining elektrodlari bilan bevosita kontaktlashishi bilan xarakterlanadi. Bu asboblar murakkab qurilmalar bo'lishni talab qilmaydi, ko'rsatishlarni bevosita hisoblab borishga imkon beradi, tayyorlanishi va ishlatilishi sodda. Yutuvchi eritma sifatida, odatda, shunday eritma tanlanadiki, u tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi. Dissotsiatsiyalangan molekulalar soni kamayishi natijasida eritmaning elektr o'tkazuvchanligi yutilgan komponent miqdoriga mutanosib ravishda kamayadi. Yutuvchi eritmalar tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishi natijasida asbob kanalchalarining devorlarida hamda o'lchash elektrodlarida cho'kmalar hosil bo'ladi, bu esa o'lchash natijalarini xato ko'rsatadi va komponentlarning mikrokonsentratsiyalarini aniqlash da gaz analizatorlaridan foydalanishni cheklab qo'yadi. 153 Konduktometrik o'lchashlar uchun o'lchanayotgan komponent absorb- siyasining qaytar reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin. Ularning afzalliklari: reaksiyalarda cho'kmalar absorbsiyalanmaydi va yutuvchi eritmalarning regeneratsiyalanish imkoni bor. Biroq, ko'pgina hollarda bunday yutuvchi eritmalarning tanlash darajasi kam bo'ladi. 6.7-rasmda konduktometriya prinsipida ishlaydigan gaz analizatorining sxemasi keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz kapillar naycha 1 orqali o'tadi va reaksiya boradigan idish 2 hamda chulg'amli naycha 3 ga beriladi, u yerda aniqlanadigan komponent o'zgarmas tezlikda berib turiladigan elektrolit eritmasi bilan absorbsiyalanadi. Shundan keyin elektrolit eritmasi bir juft elektrodlari 5 turgan o'lchash yacheykasidan o'tadi, gaz fazasi esa gaz analizatoridan naycha 6 orqali chiqariladi. Taqqoslash elektrodlari 7 naychada turadi, bu naycha orqali elektrolitning yangi eritmasi beriladi. Shunday qilib, gaz analizatorlarida elektrolit eritmasining elektr o'tka- zuvchanligi o'lchanayotgan komponent absorbsiyalanguncha va absorb- siyalangandan keyin o'lchanadi. O'tkazuvchanlik qiymatlaridagi farqlar aniqlanadigan komponentning ikkilamchi asbob 8 yordamida o'lchanadigan konsentratsiyasiga mutanosib bo'ladi. Elektroliz vaqtida cho'kmalar hosil bo'lishining oldini olish uchun yacheyka elektrodlariga o'zgaruvchan kuchlanish beriladi, keyin bu kuchlanish to'g'rilanadi. Elektr o'tkazuvchanlikni o'lchashga asoslangan gaz analizatoridan 0 2 , C0 2 , H 2 S, S0 2 , NH 3 , suv bug'i va boshqa komponentlarni tahlil qilishda foydalanish mumkin. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling