Nashriyot-matbaaijodiy uyi


- §. ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO'LQINLI SATHO'LCHAGICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

5.7- §. ULTRATOVUSHLI VA RADIOTO'LQINLI SATHO'LCHAGICHLAR 
Hozirgi paytda sanoatda ultratovushli satho'lchagichlar keng tarqal-
moqda. Bu asboblar boshqa asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori 
aniqlik, kichik inersionlik, katta chegarada va agressiv suyuqliklarda 
136 


ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o'lchash 
sxemalarining murakkabligi, shuningdek, yetarli darajada ishonchli 
bo'lmaganligi sababli, bu asboblar boshqa qurilmalardan foydalanish 
mumkin bo'lmagandagina ishlatiladi. 
Ultratovushli satho'lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik, gaz 
(havo) chegarasidan tovush to'lqinlarining qaytish prinsipiga asoslangan. 
Ultratovush impulsining havo va o'lchanayotgan muhit (suyuqlik) 
chegarasi sirtidan qaytish kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi 
natijasida sodir bo'ladi. 5.13-rasmda ultratovushli satho'lchagichning 
strukturaviy sxemasi ko'rsatilgan. 
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali 
sathi o'lchanayotgan sig'imga uzatiladi. Ultratovush to'lqinlar o'lchana-
yotgan muhitda tarqaladi va suyuqlik-havo chegarasidan qaytadi. Qaytgan 
to'lqinlar muhitdan teskari yo'nalishda o'tadi, nurlatgich 2 ga o'xshash 
ultratovush tebranishlar qabul qilgichi 3 ga keladi, u yerdan ultratovushli 
impuls kuchaytirgich 4, vaqt oralig'ini hisoblaydigan qurilma 5 va o'lchash 
asbobi (potensiometr) 6 ga keladi. 
Suyuqlik sathi o'lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi т 
vaqt bo'yicha aniqlanadi, ya'ni 
(5.21) 
bu yerda: H— suyuqlik sathi; C— suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi. 
Vaqt o'lchagichda olinadigan akslangan (qaytgan) signalning kechikish 
vaqtiga mutanosib bo'lgan o'zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida 
darajalangan potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, 
pyezokvars, magnitostriksion elementlar ishlatiladi. Ko'pincha ultratovushli 
tebranishlarni yuboradigan va qabul qiladigan asbob sifatida bir qurilmadan 
foydalaniladi. Bu qurilma o'lchash jarayonining boshida nurlatgich vazifasini 
bajarib, impuls yuborilganidan so'ng qabul qilgich sifatida ishlaydi. 
137 


Ultratovushli satho'lchagichlar 45 mm dan bir necha o'n metrgacha 
o'lchash diapazoniga ega. O'lchanayotgan muhit harorati —50 °C dan +200 °C 
gacha yetishi mumkin. Yo'l qo'yiladigan asosiy xatolik ± 2,5 %. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling