5.4-§. GIDROSTATIK SATHO'LCHAGICHLAR
Gidrostatik satho'lchagichlar usti ochiq hamda bosim ostida bo'ladigan
idishlardagi turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va
qovushqoq moddalar) sathini o'lchashda ishlatiladi. Gidrostatik satho'l-
chagichlarda suyuqlik sathini o'lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan
bosimni o'lchash bilan amalga oshiriladi, ya'ni:
(5.10)
bu yerda: P — suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Pa; H — suyuqlik sathi; m; p —
suyuqlik zichligi, kg/m
3
;
g — erkin tushish tezlanishi, m/s
2
.
(5.10) tenglama bosimni o'lchash asosida
ishlaydigan satho'lchagichlarni qurish mum-
kinligini ko'rsatadi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difma-
nometr yordamida o'lchaydigan gidrostatik
satho'lchagichlar difinanometrik satho'lcha-
gichlar deb ataladi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo
bosimiga o'zgartiruvchi gidrostatik satho'lcha-
gich pyezometrik satho'lchagich deb ataladi.
Difmanometr bilan ochiq va yopiq idish-
lardagi suyuqliklar sathini, ya'ni bosim
ostidagi, atmosfera yoki siyraklanish sha-
roitidagi suyuqliklar sathini o'lchash mumkin.
Bunday asboblarning ishlash prinsipi ikki
suyuqlik ustunining gidrostatik bosimlar farqini o'lchashga, ya'ni idishdagi
suyuqlik sathiga bog'liq bo'lgan o'zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va
solishtirish o'lchovi vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo'yicha bosimlar
farqini o'lchashga asoslangan. 5.6-rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sathini
difmanometr bilan o'lchash sxemasi ko'rsatilgan. 1 difmanometrning ikkala
impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u agressiv bo'lmasa) bilan to'ldi-
riladi. Difmanometr sezgir elementiga ta'sir etadigan P
t
va P
2
bosimlar
farqini o'lchaydi. Shu bosimlar uchun (5.10) tenglamaga mos ravishda
quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
(5.11)
Do'stlaringiz bilan baham: |