Nashriyot-matbaaijodiy uyi


- §. RADIOIZOTOPLI SATHO'LCHAGICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

5.6- §. RADIOIZOTOPLI SATHO'LCHAGICHLAR 
Radioizotopli satho'lchagichlarning ishlash prinsipi yutish qobiliyati 
turlicha bo'lgan ikki muhitdan o'tayotgan nurlarning qayd qilinishi va 
muhitlarning chegarasi o'zgarishi bilan nurlanish o'zgarishiga asoslangan. 
Barcha radioizotopli satho'lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbayi 
va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbayi sifatida o'zidan j 
nurlar chiqaradigan Co
60
, Cs
137
, Se
75
va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul 
qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, ssintilatsion hisoblagichlar 
yoki yarimo'tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo 
bo'lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o'zga-
rishiga muvofiq elektr signalga aylanadi. 
y'-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi 
eksponensial munosabat bilan ifodalanadi: 
(5.20) 
bu yerda: /
0
 j- nurlanishning boshlang'ich jadalligi; Ц — moddaning tabiati va 
uning qatlami qalinligi x ga bog'liq bo'lgan y'-nurlanishning kuchsizlanish 
koeffitsiyenti. 
Radioizotopli satho'lchagichning prinsipial sxemasi 5.12-rasmda ko'rsa-
tilgan. U radioaktiv nurlanish manbayi 1, ionlovchi nurlanishni qabul 
qiladigan hisoblagich 2, elektr toki manbayi 3, qarshilik 4, elektron 
kuchaytirgich 5 va o'lchash asbobi 6 dan iborat. Hisoblagich metalldan 
yasalgan silindr bo'lib, ichi inert gaz bilan to'ldirilgan. Silindr markazida 
135 


undan izolator bilan ajratilgan metall sim o'rnatilgan. Silindr devori elektr 
manbayining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. 
Silindr inert gaz bilan to'ldirilgan bo'lgani uchun hisoblagich zanjirida tok 
bo'lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta'sir etib, undagi inert gaz 
ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida tok hosil 
bo'ladi. Bu tok miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog'liq bo'ladi. 
Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbayi bilan hisoblagich 
orasiga o'rnatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning 
balandligiga bog'liq ravishda o'zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur 
yo'lini to'la berkitsa, rezistordan o'tadigan tok nolga yaqin bo'ladi, nur 
yo'li ochilishi bilan, ya'ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor 
zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu 
rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o'lchanadi. Buning uchun 
rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida 
kuchaytiriladi, so'ngra esa o'lchash asbobi 6 ga uzatiladi. 
Radioizotopli satho'lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. 
Bu asboblar sath o'lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda 
amalga oshiradi; ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan 
moddalar sathini o'lchash uchun ishlatilishi mumkin, o'lchanayotgan muhit 
bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog'lanish bo'lmaganligi sababli 
agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o'lchash mumkin. 
Asboblar ko'rsatishining aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, 
namlik, elektr o'tkazuvchanlik, zichUk va boshqa fizik xossalarning) o'zga-
rishiga bog'liq emas. Barcha radioizotopli asboblaming umumiy kamchiligi 
radioaktiv nurlaming tirik organizmga zararli ta'siridir. Asboblaming xatoligi 
±0,5—1% dan oshmaydi. Bular, asosan, boshqa turdagi asboblarni ishlatish 
mumkin bo'lmagan hollardagina qo'llaniladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling