Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

t
, G
c
 — qalqovich og'irligiga qarshi og'irlik kuchi (teskari yuk) va og'irlik 
kuchi; S — qalqovich yuzasi; /г, — qalqovichning cho'kish balandligi; p
s
— suyuqlik 
zichligi. 
Suyuqlik sathining oshishi qalqovich chuqurligini o'zgartiradi va unga 
qo'shimcha itaruvchi kuch ta'sir etadi. Yuqorida yozilganlar natijasida tenglik 
126 


buziladi va qalqovich og'irligiga qarshi yuk toki 
osilgan qalqovich h
x
balandlikka tenglash-
guncha pastga tushaveradi. 
Bu o'lchagichning asosiy kamchiligi — 
shkalasining teskariligi va tros og'irligining 
o'zgarishi hisobga olinmasligi, baland idish-
larda hisoblash qiyinligi va hokazo. 
Qalqovichli satho'lchagichlarning turli 
modifikatsiyalari mavjud. Ular bir-biridan 
tuzilishi, o'lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd 
qiluvchi), masofaga uzatish tizimini (pnev-
matik, elektr va boshqalar) ishlatish shartlari 
va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. 
Idishdagi suyuqlik sathining o'zgarishiga 
qarab qalqovichning siljishini kamaytirish maqsadida chiziqli tavsifga ega 
bo'lgan davriy cho'kadigan silindrik qalqovichdan foydalanish mumkin. 
Davriy cho'kadigan qalqovichli satho'lchagichning ishlash prinsipi qal-
qovich (buyk) massasining suyuqlikka cho'kish chuqurligiga qarab 
o'zgarishiga asoslangan. Bunday satho'lchagichlarning sezgir elementi og'ir 
jism (masalan, silindr), ya'ni idish ichida vertikal osilgan va nazorat 
qilinayotgan suyuqlikka qisman botirilgan (5.4-rasm) qalqovichdan iborat. 
Qalqovich bikirligi С bo'lgan va qalqovichga ma'lum kuch bilan ta'sir 
etadigan elastik ilgakka mahkamlangan (5.4-rasmda bunday element 
prujinadir). Suyuqlik sathini 00 holatidan h ga orttirilsa, itaruvchi kuch 
ortadi. Bu buykni x holatiga ko'tarishga olib keladi, bu yerda uning 
ko'tarilishi bilan cho'kish kamayadi, ya'ni x < h. Bu bilan kuch o'zgaradi, 
shu kuch bilan ilgak buykka ta'sir qiladi. O'zgarish buykning cho'kishi 
h—x ga ortishi natijasida itarish kuchining o'zgarishiga teng: 
(5.8) 
bu yerda: С — ilgakning bikirligi; p
c
, p
g
— suyuqlik va gazning zichligi; F — qalqovich 
ko'ndalang kesimining yuzi. 
Bunday qalqovichli satho'lchagich statik tavsifining ifodasini osonlik bilan 
topish mumkin: 
(5.9) 
Shunday qilib, qalqovichli satho'lchagichning statik tavsifi chiziqlidir, 
bu yerda uning sezgirligi F ni orttirish bilan yoki ilgakning bikirligi С ni 
kamaytirish bilan orttirilishi mumkin. 
(5.9) ifodadan ko'rinib turibdiki, konkret satho'lchagichdan foydalanganda 
qo'shimcha xatoliklar ushbu C, F, p
s
— p
g
kattaliklarning o'zgarishi hisobiga 
127 


paydo bo'lishi mumkin. Shu kattaliklarning o'zgarishiga idishdagi harorat va 
bosimning o'zgarishi sabab bo'ladi, bu yerda p
s
—p
g
ayirmaning o'zgarishidan 
hosil bo'ladigan xatolik eng katta bo'ladi. 
5.5- rasmda davriy cho'kadigan qalqovichli satho'lchagichning sxemasi 
ko'rsatilgan. Bu asbob ko'rsatishlarni pnevmatik usulda masofaga uzatadi. 
Qalqovich 1 torsionli naycha 3 uchiga o'rnatilgan richag 2 ga osilgan. 
Qalqovich o'z og'irligi bilan torsionli naycha va uning ichidagi po'lat steijen 
4 ni buradi, burilish burchagi sath o'zgarganda qalqovichning o'zgaradigan 
og'irlik kuchiga mutanosib. 
Qalqovich shunday og'irlikka egaki, u suyuqlikka batamom cho'kkanda, 
qalqib chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo'sh uchida pnevmoqurilma 7 ning 
zaslonkasi (to'siq) 5 mahkamlangan. Torsionli naychaning steijeni buril-
ganda to'siq soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka 
siljiydi. Pnevmoqurilma 7 to'siqning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 
orqali o'lchanadigan bosimning mutanosib o'zgarishiga aylantiradi. Bosim 
o'lchaydigan asbobning shkalasi 8 sath birligida darajalangan. 
Suyuqlik sathni masofadan o'lchash uchun kuch kompensatsiyasi prin-
sipiga asoslangan, o'zgarmas tokning 0-5 va 0-20 mA unifikatsiyalangan 
chiqish signaliga (UB-E rusumli) yoki 20... 100 kPa havo bosimiga 
mo'ljallangan (UB-P rusumli) qalqovichli satho'lchagichlari qo'llaniladi va 
qalqovichli satho'lchagichlarining o'lchov chegarasi ushbu qatordan 
tanlanadi: 0-0,25; 0,4; 0,6; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik 
sinfi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo'lishi mumkin. Hisob-kitob amallari uchun 
sath- o'lchagichlar asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0 mm gacha bo'ladigan 
qilib tayyorlanadi. 
Agressiv suyuqliklar sathini o'lchash uchun mo'ljallangan qalqovich 
korroziyabardosh materialdan tayyorlanadi. 
Qalqovichli satho'lchagichlardan katta zichlikka ega bo'lgan (azot, neon 
va b.) suyultirilgan gaz sathini o'lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400 °C 
gacha bo'lgan haroratda muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi. 
128 


0,1 % RQ dan ortiq bo'lmaydi. Qarshilik termo-
metrlarining kamchiligi — qo'shimcha tok manbayi-
ning zarurligidir. 
Termometrlarning va boshqa qarshilik o'zgartiruv-
chilarning qarshiliklarini o'lchash uchun: logometrlar, 
muvozanatlashtirilgan va muvozanatlashmagan ko'prik 
sxemalari, kompensatsion usul va termoqarsh i 1 i kning 
me'yorlovchi o'zgartgichlaridan foydalaniladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling