Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Mikroprotsessorli ommaviy sarfo'lchagich
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Mikroprotsessorli ommaviy sarfo'lchagich. Neft mahsulotlarining
massasini ularni qabul qilib olish va sotish operatsiyalarida hisobga olishning mavjud usullari, odatda, bilvosita o'lchashlarga asoslangan. Bu hoi o'lchash aniqligini oshirishga imkon bermaydi. Massani bevosita o'lchashning qo'lla- nilayotgan usullari texnologik emas, chunki u maxsus qo'shimcha opera- tsiyalarni kiritishni talab qilib, ba'zan mahsulotni jo'natish uchun ketadigan vaqtga o'lchovdosh vaqt kiritilishini talab etadi. Bevosita to'kish yoki quyish texnologik jarayonlari vaqtida amalga oshiriladigan suyuq neft mahsulotlarining sarfining aniq og'irlik hisobi tizimi juda katta unumdorlik bilan ishlatilmoqda. Tizim natijalarga ishlov berish va jarayonni boshqarish uchun tenzometrik o'lchash uslublarini va mikroprotsessor texnikasini qo'llanishga asoslangan. Sarfning og'irligini o'lchash sistemasining ishlash prinsipi neft mahsulotlari oqimining ayrim porsiyalarini ketma-ket tortib olishdan iboratdir. Uzluksiz oqimni ta'min- lash uchun mahsulotni topshirishda qurilmaning chiqishida yoki mahsulotni qabul qilishda (qo'yishda) qurilmaning kirishida oqim ikki chiziqqa (liniyaga) ajratiladi. Bunda chiziqlardan biri bo'yicha mahsulot qurilma chiqishiga qarab oqayotganda ikkinchi chiziqda o'lchash amalga oshiriladi. Shuning uchun tizim oqayotgan mahsulotning istagan miqdorini o'lchash uchun qo'shimcha vaqt sarflamasdan bevosita texnologik operatsiyalarda foydalanilishi mumkin. Tizim (4.22-rasm) kuch o'lchovchi tenzorezistorli datchiklar 2 ga osil- gan ikkita idish (rezervuar) la va lb dan iborat. Datchiklar o'lchash o'zgartkichlari 3 bilan biriktirilgan bo'lib, uning chiqish signali davri neft mahsulotlari bo'lgan rezervuar og'irligiga chiziqli bog'liq. Rezervuarlar egiluvchan silfonlar yordamida texnologik o'tkazish quvuri 4 tizimi bilan biriktirilgan bo'lib, ular bo'ylab rezervuarlarga navbati bilan neft mahsuloti oqib keladi va ulardan navbati bilan to'kiladi. Bu jarayonni boshqarishni operatorning buyrug'iga ko'ra elektr boshqariluvchi 120 quyish A va to'kish В ventillari yordamida mikrokontroller 5 amalga oshiradi. Tizimning kirishi va chiqishidagi mahsulot sarfi drossellar D orqali tartibga solinadi. С ventillar jarayonni avariya holatida to'xtatadi. A va В ventillar vazifasini takrorlaydi. Bevosita quyib berish krani E orqali to'kish opera- tsiyalarida jarayonni ishga tushirish va to'xtatish imkoniyati ko'zda tutilgan. Rezervuarlardagi mahsulot sathini nazorat qilish quyi (QS) va yuqori (YS) sathlarining magnit boshqariluvchi datchiklari yordamida amalga oshiriladi. Sath datchiklari o'zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi kvitirlovchi signallar mikrokontrollerga keladi va tizimni bosh- qarish uchun foydalaniladi, uning holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul qilib olingan mahsulotni hisoblash uchun foydalaniladi. Neft mahsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko'rib chiqa- miz (4.23-rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang'ich paytda rezervuar la bo'shatilgan, rezervuar lb esa to'ldirilgan bo'lsin. Bu holda „lshga tu- shirilsin" („Pusk") buyrug'idan so'ng to'ldirilgan rezervuarning og'irligi R nv ni aniqlash va uni xotiraga yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuar- ning В ventilini ochishga buyruq beriladi. lb rezervuardan mahsulot quyib olina boshlaydi. Shundan so'ng la rezervuarni to'ldirish ventili A ni ochishga buyruq beriladi. Bunda quyish tezligi to'kish tezligidan ortiq bo'ladi. Shuning uchun la rezervuardagi mahsulot sathi boshqa rezervuarni bo'shatish jarayonida YS datchigiga yetib oladi. Bu datchikdan berilgan signalga binoan, la rezervuarning A ventili berkitiladi va suyuqlikni hamda rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo'lgan x vaqt o'tgandan so'ng kontroller to'ldirilgan la rezervuarning /? NA og'irligini aniqlash va xotiraga olishni amalga oshiradi. Og'irlikni aniqlash A va В ventillar berkitilgan holda, ya'ni statik rejimda amalga oshirilishini ta'kidlab o'tamiz. Bu xatolikning dinamik tashkil etuvchilari paydo bo'lishining oldini oladi. Shu o'lchashdan so'ng lb rezervuardagi mahsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik ishlab ketgan paytda mikrokontroller lb rezervuardan mahsulotni chiqarishni (to'kishni) to'xtatadi va shu bilan bir vaqtda la rezervuardan mahsulotni to'kishni (chiqarishni) boshlaydi. Uning buyru- g'iga ko'ra bir rezervuarning В ventili berkitiladi va ikkinchisining В ventili ochiladi. Tinchlantirish vaqti x o'tgandan so'ng, lb bo'shatilgan rezervuar- ning R ev og'irligini aniqlash va bir siklda berib yuborilgan mahsulotning R = R W — p o r s i y a s i n i n g og'irligini hisoblash amalga oshiriladi. Og'ir- likning kilogramm hisobidagi qiymati indikatsiyaga chiqariladi. So'ng bo'shatilgan lb rezervuarni to'ldirish uchun A ventil ochiladi. YS dat- chigidan kelgan signalga ko'ra uni to'ldirish to'xtatiladi, x vaqtdan so'ng to'ldirilgan rezervuar og'irligining yangi R nv qiymatini aniqlash va xotirlash amalga oshiriladi. Endi la rezervuardagi mahsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygandan so'ng mikrokontroller la rezervuardan to'kishni va lb rezervuardan to'kish boshlanishini bir vaqtda to'xtatish uchun buyruq 121 beradi, x vaqtdan keyin to'kilgan (bo'shatilgan) la rezervuarning Д, а og'irligini aniqlash, ikkinchi siklda berib yuborilgan mahsulotning R 2 ~R n — Rn porsiyasi og'irligini hisoblash va berilgan mahsulotning yig'indi og'irligi R ] + R 2 ni hisoblash amalga oshiriladi. Bu qiymat indikatsiyaga chiqariladi. Keyin la rezervuarni takroriy to'ldirish boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan (jo'natilgan) mahsulot og'irligining qiymati oldin berib yuborilgan mahsulot og'irligiga qo'shiladi va indikatsiyalanadi. Mahsulotni berish boshqarish pultidan „To'xta" („Стоп") signaliga ko'ra to'xtatiladi. Berilgan mahsulotning maksimal miqdori amaldagi indikatsiya sig'imiga ko'ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb tanlangan, shuning uchun indikatsiyaga oltita o'nlik raqam chiqariladi (og'irlik kilogramm hiso- bida). Berilgan mahsulotning to'liq og'irligi, indikatsiyadan tashqari, ikkilik, o'nlik kod bilan (oltita xona) iste'molchilar bilan hisob-kitob qilish tizimida bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi. Tizimni ko'rib chiqilgan ishlar rejimida (tartibida) o'zgarmas unum- dorlik £> chiq (4.2- rasmga q.) bilan mahsulotni uzluksiz ravishda berib turish (sotish) ta'minlanadi. Bunga, agar mahsulotni quyish vaqti t uni to'kish vaqti T dan kichik bo'lganda, ya'ni quyidagi shart bajarilganda erishiladi: Q kir va Q chiq unumdorliklarni tartibga solish U drossellar orqali amalga oshiriladi. Tengsizlik darajasi shartlar o'zgarganda unumdorhklarning nomi- nal qiymatlardan og'ishning yo'l qo'yilgan qiymatlarini aniqlaydi. Tengsizlik buzilganda tizim chiqishida pulsatsiyalanuvchi, uzlukli oqimni beradi, bu esa har doim ham maqsadga muvofiq bo'lavermaydi. Bu holda mikro- kontroller boshqarish pultida „Uzlukli oqim" signalini ulaydi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling