Nashriyot-matbaaijodiy uyi
— N. R. Yusupbekov va boshq. 113
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
8 — N. R. Yusupbekov va boshq. 113
rezistorlari bo'lgan montaj plita 6 joylashtirilgan bo'lib, ularning chiqarish o'tkazgichlari (simlari) rozetka vilkasi bilan tutashtirilgan. Elastik element yuqori tomondan diafragma 4 bilan, past tomondan qopqoq 7 bilan yopilgan, ular o'zgartkichning ichki hajmining germetikligini ta'minlaydi. O'zgartkichning ishlash prinsipi tenzorezistorlarning deformatsiyasi vaqtida ularning elektr qarshiligini o'zgartirishga asoslangan. R—R 4 tenzorezistorlar (4.16-rasm, b ga qarang) kompensatsiyalovchi R 9 va R l0 rezistorlar bilan birga ko'prik hosil qilib, uning bir diagonaliga manba kuchlanishi (12 V o'zgarmas tok) ulangan, ikkinchisidan esa chiqish signali olinadi (24 mV gacha chegarada). O'lchanayotgan kuch ta'sirida Л,—R a tenzorezistorlar deformatsiyalanib, ko'prikning balansini buzadi, uning o'lchovchi ab diagonalida o'lchanayotgan kuchga mutanosib kuchla- nish paydo bo'ladi. Yuklangan o'zgartkichning chiqish signali qiymatini moslash uchun R s , R 6 , RJ (RJ — mis rezistor) rezistorlar, boshlang'ich signalni moslash- tirish uchun esa R^, R ]0 rezistorlar xizmat qiladi. R s rezistor o'zgartkich- ning kirish qarshiligini moslash uchun mo'ljallangan. O'zgartkichning aniqlik sinfi 0,5. DST turidagi kuch o'lchovchi tenzorezistorli datchiklar uzluksiz ish- lovchi tarozilar va dozatorlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. DST datchiklari konstruksiyasining asosi tenzorezistorlar yopishtirilgan elastik element hisoblanadi. Dumaloq korpusga joylashtirilgan diametri 120 mm va qalinligi 54 mm bo'lgan elastik element uchta to'sindan iborat rom ko'rinishida yasalgan, ular bitta tekislikda parallel joylashtirilgan. Har bir to'sin markazida yuk qabul qiluvchi elementlar va chiqish signallarini sozlovchi (rostlovchi) rezistorlar yopishtirilgan bloklar o'rnatilgan. Rezis- torlar falgadan (zarqog'ozdan) to'r shaklida yasalgan; rostlash to'rning ayrim elementlarining uzilishi hisobiga amalga oshiriladi. O'lchanayotgan kuchlanish (kuch) konusga yoki yuk qabul qiluvchi elementning sharsimon sirtiga uzatilib, balkalarning bukilishiga va uni mutanosib elektr signalga o'zgartiruvchi tenzorezistorlarning deformatsiya- lanishiga sabab bo'ladi. Datchiklarning nominal yuklanishlari 10 dan 10 000 kgk atroflda bo'ladi. Asosiy xatolik +0,1 %. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling