Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Donador buyumlarni hisoblagich


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Donador buyumlarni hisoblagich. Mahsulotni sanash qurilmasi mazkur 
ishlab chiqarish operatsiyasidan o'tgan mahsulotni hisoblash maqsadida 
ishlab chiqarish jarayonining tugagani haqida axborotni avtomatik olish 
uchun foydalaniladigan texnik vositalar majmuasining bir qismini tashkil 
etadi. Ular ayrim birlik (shisha idish, ballonlar va hokazo) yoki kontey-
nerlar (yashiklar, qutilar, qoplar va hokazo) ko'rinishidagi donali 
mahsulotlarni avtomatik hisobga olish uchun qo'llaniladi. 
Donador mahsulotlarning hamma hisoblagichlarini tuzilishiga ko'ra ikki 
guruhga ajratish mumkin: kontaktli (mexanik) va kontaktsiz. 
Mexanik hisoblagichlar, odatda, texnologik qurilma komplektiga kiradi. 
114 


Kontaktli — mexanik datchiklar sifatida darhol ta'sir qiluvchi yo'l viklyu-
chatellaridan foydalaniladi. 
Sanashning ikkilamchi asboblari sifatida elektromexanik impulslar hisob-
lagichdan foydalaniladi. 
Kontaktsiz hisoblagichlar — texnologik qurilma bilan yoki sanalayotgan 
buyumlar bilan mexanik kontaktda bo'lmaslik bilan ifodalanadi va yuqori 
darajada ishonchli bo'lish bilan farqlanadi. Sanoatda konstruktiv ishlanish va 
sxemalari turlicha bo'lgan fotoelektrik hisoblagichlar keng qo'llaniladi. 
Fotoelektrik hisoblagichlar ham tayyor mahsulotni sanash uchun, ham 
to'ldirilmagan shaffof idishni yaroqsiz chiqarish uchun qo'llaniladi, bu 
ularning boshqa istagan hisoblagichlardan afzalligidir. 
4.9- §. MODDALAR SARFINI O'LCHASHNING ZAMONAVIY 
USULLARI VA VOSITALARI 
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma-xilligi bilan farqla-
nuvchi, murakkab va tarkibi bo'yicha o'zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, 
kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar 
aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o'lchanayotganda bunday oqim 
sarfini oldindan seperatsiyasiz o'lchash murakkab ilmiy-texnik muammo 
hisoblanadi. Hatto seperatsion vositalari ham kam samarali bo'lgan hollarda 
ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o'lchashda alohida 
qiyinchiliklar vujudga keladi. 
Sarflarni o'lchash (расходометрия) sohasida o'tkazilgan ko'p yillik 
tadqiqotlar mazkur muammoni hal etish yo'lini taklif etishga imkon beradi. 
O'lchashning ishlab chiqilgan va patent olingan yangi spektrometrik uslubi 
asos bo'lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoi-
tida samaralidir. Bu uslub mahsulotni yig'ishning o'tkazish quvuri tizimida 
fluktuatsion jarayonning (bosim fluktuatsiyasi) spektral fazalarning oqimda 
sarflanishi to'g'risidagi axborot manbayi sifatida foydalanishga asoslanadi. 
Spektrometrik uslubning asosiy g'oyasi shundan iboratki, bunda 
fazalar sarfini ko'p fazali oqimda fluktuatsion jarayonning quwati spek-
trining chastotaviy komponentlari bo'yicha hisoblashdir. Bosim fluktuat-
siyasini hisoblash maxsus oqimni o'lchash o'zgartkichi bilan amalga 
oshiriladi (4.17-rasm). 
115 


O'lchash o'zgartkichining asosiy elementlari maxsus konstruksiyali 
toraytiruvchi qurilma ko'rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktua-
tsiyasi datchigi hisoblanadi. Toraytiruvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi: 
• qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o'zgarishlarining keng oraliqlarida 
ma'lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish; 
• gidrodinamik tizimda quwatning chastotaviy spektrining berilgan 
axborot xossalariga ega fluktuatsiya jarayonini uyg'otish. 
Fluktuatsiya jarayonini qayd etish pyezokeramik sezgir elementli 
datchik orqali amalga oshiriladi. Ishlangan o'lchash o'zgartkichidan foyda-
lanilganda datchikning chiquvchi elektr signali o'ziga xos chastotaviy spektiga 
ega bo'lib (4.18-rasm), unda turli fazalar sarfining ta'sir sohalari ajratilishi 
mumkin. 
Xususan, spektral tashkil etuvchilarning quwati, asosan, suyuqlik (S) 
va aralashma sarfiga bog'liq bo'lgan sohani ajratish mumkin. Xuddi shunga 
o'xshash holda gaz (G) ta'sir ko'rsatadigan va qattiq kirishmalar (K) ning 
ta'siri ko'proq bo'lgan sohalarni ajratish mumkin. Bunday chastota 
sohalarida spektral ishlab chiqilgan axborot modellari asosida tegishli fazalar 
sarfini hisoblab chiqish mumkin. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling