Nashriyot-matbaaijodiy uyi


O'lchov asbobi ko'rsatishining kechikishi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

O'lchov asbobi ko'rsatishining kechikishi uning inersiyasini, ya'ni 
kattalik o'zgargan vaqtdan asbob ko'rsatishining siljishigacha o'tgan vaqtni 
xarakterlaydi. Asbob ko'rsatishining kechikishi qancha kam bo'lsa, asbob-
ning sifati shuncha yuqori bo'ladi. 
O'lchash vositalarining umumlashgan xarakteristikasi asosiy va qo'shim-
cha xatoliklarning chegaraviy qiymatlari bilan, shuningdek, o'lchash vosita-
lari aniqligiga ta'sir etuvchi boshqa parametrlar bilan ifodalanadigan aniqlik 
sinfidan iborat bo'lib, parametrlarning qiymati o'lchash vositalarining ayrim 
turlari uchun standartlarda belgilangan. O'lchash vositalarining aniqlik 
sinfi ularning aniqlik xossalarini xarakterlaydi, ammo, ular shu vosita-
lar yordamida olib borilgan o'lchashlarning bevosita ko'rsatkichi bo'la olmaydi. 
Chunki, aniqlik — o'lchash usullariga hamda o'lchash o'tkazilayotgan 
sharoitga bog'liq. Yo'l qo'yiladigan asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan 
(nisbiy) xatoliklar ko'rinishida berilgan o'lchash asboblari uchun quyidagi 
sonlar qatoridan olingan aniqlik sinflari beriladi: 
25 


(1, 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6) • 10
n
, bu yerda: n= 1,0; —1; —2 va hokazo. 
O'lchash asbobining aniqlik sinfi foizlarda hisoblangan eng katta kelti-
rilgan xatolikka teng: 
(1.15) 
Turli o'lchash asboblari uchun davlat standartida turli aniqlik sinflari 
qabul qilingan. Ular asbobning siferblatida ko'rsatilgan. Masalan, shkalasi 
0—100°C dan iborat bo'lgan logometrni darajalash natijasida mutlaq 
xatolikning quyidagi qiymatlari olingan: 
Shkalasi belgisi, °C... 0 20 40 60 80 100 
Mutlaq xatolik, Ax, °C... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 —0,6 
Bu yerda logometrning keltirilgan xatoligi: 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, aniqlik sinfini 2,0 ga teng deb 
olamiz (yaxlitlash kattalashtirish tomon olib boriladi). 
Yo'l qo'yiladigan xatoliklar chegaralari foizlarda ifodalanadigan nisbiy 
xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida yozilgan sonlar 
bilan belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yo'l qo'yiladigan asosiy nisbiy 
xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, 2,5 aniqlik sinfldagi, 
shkalasi 0—100 mV bo'lgan millivoltmetr uchun shkalaning ixtiyoriy belgi-
sida asosiy nisbiy xatolik ±2,5% dan oshmaydi, ya'ni shkalaning ixtiyoriy 
belgisida mutlaq xatolik (mV larda) quyidagicha: 
bu yerda: X
k
 — asbobning ko'rsatishi. 
Yo'l qo'yiladigan xatoliklar shkala uzunligi bilan aniqlanadigan me'yor-
lovchi qiymatlarga bog'liq foizlarda ifodalanadigan asboblarning aniqlik 
sinflari burchakcha bilan ajratib qo'yilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 
05; 1,5), bu sonlar yo'l qo'yiladigan asosiy keltirilgan xatoliklar qiymati 
bilan ustma-ust tushadi. 
Masalan, shkalasi 5—50 mV va aniqlik sinfi 2,5 bo'lgan millivoltmetr 
uchun yo'l qo'yiladigan asosiy mutlaq xatolik quyidagi ifoda bo'yicha (mV 
larda) hisoblanadi: 
bu yerda: N
H
 = N
max
 — N
mjn
va N
min
— asbob shkalasining oxirgi va boshlang'ich qiymatlari. 
O'lchash uchun asbob tanlashda uning aniqlik sinfi asosiy chegaraviy 
mutlaq xatolik bilan aniqlanishini e'tiborga olish lozim, bu xatolik shka-
laning turli belgilarida nisbiy xatolikning turli qiymatlariga mos keladi. 
26 


Masalan, shkalasi 0...150 mV va aniqlik sinfi 1,5 bo'lgan millivoltmetr 
uchun asosiy chegaraviy mutlaq xatolik 2,25 mV ga teng bo'lib, shkalaning 
25 va 100 mV belgilarida nisbiy xatolik, mos ravishda, quyidagiga teng 
bo'ladi (% larda): 
Nisbiy xatolikni kamaytirish maqsadida, o'lchash asbobi shkalasining 
yuqorigi chegarasini shunday tanlash lozimki, o'lchanayotgan kattalikning 
kutiladigan qiymati (ko'rsatishi) uning oxirgi uchinchi qismida (yoki oxirgi 
yarmida) joylashishi maqsadga muvofiq. 
O'lchash vositalarining xatoliklari statistik va dinamik xatoliklarga 
bo'linadi. Statistik xatolik o'zgarmas kattaliklarni o'lchash uchun foydala-
niladigan o'lchash vositasining xatoligidir. Agar, o'lchanayotgan kattalik 
vaqtning funksiyasi bo'lsa, vositalarni dinamik xatoligi deb ataladigan 
umumiy xatolikning tashkil etuvchisi hosil bo'ladi. Dinamik rejimda umumiy 
xatolik statistik va dinamik xatoliklar yig'indisiga teng. 
Ikki yoki undan ortiq o'lchov vositalariga ega bo'lgan o'lchash tizimidan 
foydalanganda, tizimning mutlaq xatoligi 
(1.16) 
ifoda bilan aniqlanadi, bu yerda: AX
r
 AX
2
, ..., AX
n
— tizimning 1-, 2-, ..., 
n- o'lchov vositasi. 
Tizimning nisbiy va keltirilgan xatoligi ham shunga o'xshash aniqlanadi 
(1.17) 
(1.18) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling