O'lchash usulining xatoligi deyilganda usulning takomillashmaganligi
tufayli kelib chiqadigan xatolik tushuniladi. Ular, ko'pincha, yangi usullar
qo'llanganda, qiymatlar orasidagi haqiqiy bog'lanishni taxminiy apporoksi-
matsiyalovchi tenglamalardan foydalanilganda paydo bo'ladi. O'lchash
usulining xatoligi o'lchash vositasi, xususan, o'lchash qurilmasi, ba'zida
esa, o'lchash natijasi xatoliklarini baholashda e'tiborga olinishi lozim.
Subyektiv xatoliklar kuzatuvchining shaxsiy xususiyatlaridan, masalan,
biror signal berilgan paytni qayd qilishda kechikish yoki shoshilishdan,
shkala bo'limi chegarasidagi ko'rsatishni noto'g'ri yozib olishdan, parallaks-
dan va hokazodan kelib chiqadi. Parallaksdan hosil bo'lgan xatolik deyilganda
sanash xatoligiga kiradigan, shkala sirtidan biror masofada joylashgan strelka
shu sirtga perpendikular bo'lmagan yo'nalishda vizirlash (belgilash) nati-
jasida kelib chiqadigan xatolik tushuniladi.
O'rnatish xatoligi o'lchash asbobi strelkasining shkala boshlang'ich
belgisiga noto'g'ri o'rnatilishi natijasida yoki o'lchash vositasini e'tiborsizlik
bilan, masalan, vertikal yoki gorizontal bo'yicha o'rnatilmasligi natijasida
kelib chiqadi.
O'lchash uslubi xatoliklari kattaliklarni (bosim, harorat va b. ni)
o'lchash uslubi bilan bog'liq bo'lgan va qo'llanayotgan o'lchash asboblariga
bog'liq bo'lmagan xatoliklardan iborat.
O'lchashlarni, ayniqsa, aniq o'lchashlarni bajarishda o'lchash natijasini
muntazam xatoliklar anchagina buzishi mumkin. Shuning uchun, o'lchash-
larni bajarishga kirishishdan awal bu xatoliklarning barcha manbalarini
aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rish zarur. Ammo, munta-
zam xatoliklarni topish va bartaraf etish uchun uzil-kesil qoidalar berish
amalda mumkin emas, chunki turli kattaliklarni o'lchash usullari g'oyatda
turli-tumandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |