Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- olchash aniqligi
- olchash asbobining xatosi
- (1.8) Shunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobni korsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi. 23
Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o'lchash
mobaynida tasodifiy o'zgaruvchi o'lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy xatolikning borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta- qayta o'lchangandagina sezish mumkin. Agar har bir o'lchash natijasi boshqalardan farq qilsa, u holda tasodifiy xatolik mavjud bo'ladi. Shu xatoliklarni baholash ehtimollar nazariyasi va matematik statistika naza- riyasiga asoslangan bo'lib, ular o'lchash natijasi, o'lchanayotgan kattalik- ning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasini baholash usullarini, xatolik- ning ehtimoliy chegarasini baholash imkonini beradi, ya'ni natijani aniqlash, boshqacha aytganda, o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga ancha- gina yaqin qiymatini topish va kuzatish natijasini topish imkonini beradi. O'lchashning qo'pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda yuz beradigan, kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o'lchash xatoligi tushuniladi. 22 O'lchashdan ko'zda tutilgan maqsad va o'lchash aniqligiga qo'yiladigan talablarga qarab, o'lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o'lchashlarga bo'linadi. O'lchash natijasining o'lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga yaqinligini ifodalovchi o'lchash sifati o'lchash aniqligi deb ataladi. Aniqlikni oshirishga intilib, biz o'lchash xatoligini kamaytirishimiz lozim. Ammo, aniqlikni oshirish usullari, ko'pincha, murakkab bo'ladi va qimmat turadi. Shuning uchun, awal o'lchashning aniq shart-sharoitlari va maqsadlariga bog'liq bo'lgan maqbul aniqlikni baholab olish va zarur bo'lsa, so'ngra aniqlikni oshirish choralarini ko'rish lozim. O'lchashni bajaruvchi asboblar- ning ko'rsatishi o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Shuning uchun, o'lchash asbobining ko'rsatishi va haqiqiy ko'rsatishi degan tushunchalar mavjud. Kattalikning sanoqqa ko'ra topilgan qiymati o'lchash asbobining ko'r- satishi deyiladi. Bu kattalikning namunaviy asboblar orqali aniqlangan ko'rsatishi haqiqiy ko'rsatish deyiladi. Asbobning ko'rsatishi va o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o'lchash asbobining xatosi deyiladi. Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin bo'lmaganligi sababli, o'lchash texnikasida namunaviy asbobning ko'rsatishi shu kattalikning haqiqiy qiymati deb qabul qilinadi. Agar Xk bilan sanoq ko'rsatishidagi qiymatni, X h bilan haqiqiy qiymatni belgilasak, quyidagi ifodadan AX mutlaq xatolikni topamiz: (1.6) O'lchash asbobining mutlaq xatoligi deb, shu asbobning ko'rsatishi bilan o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi. Bu yerda, xatoliklar plus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida ifodalanadi. Mutlaq xatolik kattaligining haqiqiy qiymatga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqaU o'lchashning aniqlik darajasini ifodalash juda qulay. (1.7) Odatda, haqiqiy qiymat — X h va topilgan qiymatlar — X k ga nisbatan AAjuda kichik bo'ladi, ya'ni Shuning uchun, quyidagi ifodani yozish mumkin: (1.8) Shunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobni ko'rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi. 23 Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun o'lchash asbobining ko'rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olin- gan mutlaq qiymatga teng: (1.9) bu yerda: T— tuzatma. Asbobning xatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va mutlaq xatolikning asbobni o'lchash chegarasiga nisbatiga teng, ya'ni (1.10) bu yerda: N— asbobning o'lchash chegarasi. Misol. Yuqorigi o'lchash chegarasi 300°C bo'lgan potensiometrning ko'rsatishi X k = 240°C va o'lchanayotgan haroratning haqiqiy qiymati X h = 241,2°C bo'lgandagi mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatoliklari topilsin. Mutlaq xatolik (1.6) ifoda bo'yicha AX=— 1,2°C, nisbiy xatolik (1.8) ifoda bo'yicha b = —0,5 %, keltirilgan xatolik (1.10) ifoda bo'yicha j= 0,4 %. Xatolik qiymati o'lchash asbobi aniqligini, demak, o'lchash natijasini ham xarakterlaydi. O'lchash aniq bo'lishi uchun xatoligi kichik bo'lgan asboblardan foydalanish lozim. Ammo xatoliksiz asboblar tayyorlash mumkin emas. Xatoligi kichik bo'lgan asboblar bilan ishlashda katta ehtiyot- korlik talab etiladi. Texnik o'lchashlar uchun belgilangan qiymatdan oshmaydigan, yo'l qo'yiladigan xatoligi bor asboblardan foydalaniladi. Asbob ko'rsatishining standart yo'l qo'yiladigan eng katta xatoligi yo'l Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling