Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o'lchash 
mobaynida tasodifiy o'zgaruvchi o'lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy 
xatolikning borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-
qayta o'lchangandagina sezish mumkin. Agar har bir o'lchash natijasi 
boshqalardan farq qilsa, u holda tasodifiy xatolik mavjud bo'ladi. Shu 
xatoliklarni baholash ehtimollar nazariyasi va matematik statistika naza-
riyasiga asoslangan bo'lib, ular o'lchash natijasi, o'lchanayotgan kattalik-
ning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasini baholash usullarini, xatolik-
ning ehtimoliy chegarasini baholash imkonini beradi, ya'ni natijani aniqlash, 
boshqacha aytganda, o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga ancha-
gina yaqin qiymatini topish va kuzatish natijasini topish imkonini beradi. 
O'lchashning qo'pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda 
yuz beradigan, kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o'lchash xatoligi 
tushuniladi. 
22 


O'lchashdan ko'zda tutilgan maqsad va o'lchash aniqligiga qo'yiladigan 
talablarga qarab, o'lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o'lchashlarga 
bo'linadi. O'lchash natijasining o'lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga 
yaqinligini ifodalovchi o'lchash sifati o'lchash aniqligi deb ataladi. Aniqlikni 
oshirishga intilib, biz o'lchash xatoligini kamaytirishimiz lozim. Ammo, 
aniqlikni oshirish usullari, ko'pincha, murakkab bo'ladi va qimmat turadi. 
Shuning uchun, awal o'lchashning aniq shart-sharoitlari va maqsadlariga 
bog'liq bo'lgan maqbul aniqlikni baholab olish va zarur bo'lsa, so'ngra 
aniqlikni oshirish choralarini ko'rish lozim. O'lchashni bajaruvchi asboblar-
ning ko'rsatishi o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. 
Shuning uchun, o'lchash asbobining ko'rsatishi va haqiqiy ko'rsatishi 
degan tushunchalar mavjud. 
Kattalikning sanoqqa ko'ra topilgan qiymati o'lchash asbobining ko'r-
satishi deyiladi. Bu kattalikning namunaviy asboblar orqali aniqlangan 
ko'rsatishi haqiqiy ko'rsatish deyiladi. 
Asbobning ko'rsatishi va o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati 
orasidagi farq o'lchash asbobining xatosi deyiladi. Kattalikning haqiqiy 
qiymatini aniqlash mumkin bo'lmaganligi sababli, o'lchash texnikasida 
namunaviy asbobning ko'rsatishi shu kattalikning haqiqiy qiymati deb 
qabul qilinadi. 
Agar Xk bilan sanoq ko'rsatishidagi qiymatni, X
h
bilan haqiqiy qiymatni 
belgilasak, quyidagi ifodadan AX mutlaq xatolikni topamiz: 
(1.6) 
O'lchash asbobining mutlaq xatoligi deb, shu asbobning ko'rsatishi 
bilan o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi. 
Bu yerda, xatoliklar plus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida 
ifodalanadi. Mutlaq xatolik kattaligining haqiqiy qiymatga nisbati nisbiy 
xatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqaU o'lchashning aniqlik darajasini 
ifodalash juda qulay. 
(1.7) 
Odatda, haqiqiy qiymat — X
h
va topilgan qiymatlar — X
k
ga nisbatan 
AAjuda kichik bo'ladi, ya'ni 
Shuning uchun, quyidagi ifodani yozish mumkin: 
(1.8) 
Shunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobni 
ko'rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi. 
23 


Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun o'lchash asbobining 
ko'rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olin-
gan mutlaq qiymatga teng: 
(1.9) 
bu yerda: T— tuzatma. 
Asbobning xatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday 
xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va mutlaq xatolikning asbobni o'lchash 
chegarasiga nisbatiga teng, ya'ni 
(1.10) 
bu yerda: N— asbobning o'lchash chegarasi. 
Misol. Yuqorigi o'lchash chegarasi 300°C bo'lgan potensiometrning 
ko'rsatishi X
k
= 240°C va o'lchanayotgan haroratning haqiqiy qiymati 
X
h
 = 241,2°C bo'lgandagi mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatoliklari topilsin. 
Mutlaq xatolik (1.6) ifoda bo'yicha AX=— 1,2°C, nisbiy xatolik (1.8) 
ifoda bo'yicha b = —0,5 %, keltirilgan xatolik (1.10) ifoda bo'yicha j= 0,4 %. 
Xatolik qiymati o'lchash asbobi aniqligini, demak, o'lchash natijasini 
ham xarakterlaydi. O'lchash aniq bo'lishi uchun xatoligi kichik bo'lgan 
asboblardan foydalanish lozim. Ammo xatoliksiz asboblar tayyorlash 
mumkin emas. Xatoligi kichik bo'lgan asboblar bilan ishlashda katta ehtiyot-
korlik talab etiladi. Texnik o'lchashlar uchun belgilangan qiymatdan 
oshmaydigan, yo'l qo'yiladigan xatoligi bor asboblardan foydalaniladi. 
Asbob ko'rsatishining standart yo'l qo'yiladigan eng katta xatoligi yo'l 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling