Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- asosiy xatolik
- qoshimcha xatolikdir.
qo'yiladigan xatolik deyiladi. Xatolik miqdori o'lchashlar olib borilayotgan
tashqi muhitga (atrof-muhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog'liq bo'lganligi sababli asosiy va qo'shimcha xatoliklar tushunchalari kiritiladi. O'lchash asbobi uchun texnik sharoitlar imkon bergan, maxsus yara- tilgan normal ish sharoitida yo'l qo'yilgan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Atrof-muhitning normal sharoiti deb 20°C harorat va 101325 N/m 2 (760 mm sim. ust.) atmosfera bosimi qabul qilingan. Tashqi sharoit o'zgarishining asboblarga bo'lgan ta'siridan kelib chiqadigan xatolik qo'shimcha xatolikdir. O'lchash asboblarining sifati ularning xatoliklaridan tashqari, asboblar variatsiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan xarakterlanadi. Bir kattalikni ko'p marta takroriy o'lchashlar natijasida asbob ko'rsa- tishlari orasidagi eng katta farq o'lchov asbobining variatsiyasi deyiladi. Variatsiya o'lchanayotgan kattalikni ma'lum bir miqdorgacha asta-sekin oshirib va kamaytirib aniqlanadi. Variatsiya o'lchash asbobining mexanizmi, oraliqlari, gisterezisi va boshqa qismlardagi ishqalanishi sababli kelib chiqadi. Variatsiya (V) o'lchash asbobi shkala (bo'linma)si maksimal qiymatining foizi hisobida ifodalanib, asosiy yo'l qo'yiladigan xatolik qiymatidan oshib ketmasligi lozim: 24 (1.11) bu yerda: AN' — asbob ko'rsatishidagi eng katta farq; N max va N mjn — asbob shkalasining yuqori va quyi qiymatlari. Asbob ko'rsatishining aniqligiga uning sezgirligi ham katta ta'sir qila- di. Asbob strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining, bu siljishni hosil qilgan fizik kattalik o'zgarishiga nisbati — asbobning sezgirligi deyiladi: (1.12) bu yerda: S— asbobning sezgirligi; An — strelka siljishining o'zgarishi; &Q — o'lchanayotgan kattalikning o'zgarishi. Sezgirligi yuqori bo'lgan asboblar asosan aniq o'lchashlar uchun ishla- tiladi. O'lchanayotgan kattalik qiymatining asbob ko'rsatishiga ta'sir qila oladi- gan eng kichik o'zgarishi sezgirlik chegarasi deyiladi. Shkala va strelkaga ega bo'lgan asboblar uchun asbobning sezgirligiga teskari bo'lgan kattalik — shkala bo'linmasi qiymati deyiladi: (1.13) bu yerda: S — shkala bo'linmasining qiymati. Ikkita yonma-yon belgi (shtrix yoki nuqtalar) orasidagi farq — shkala bo'linmasi deyiladi. Shkala bo'linmasining qiymati strelkani bir bo'linmaga siljitgan kattalik qiymatining o'zgarishini xarakterlaydi. Ba'zan, kattalikning haqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko'rsati- shini tuzatish koeffitsiyenti К ga ko'paytiriladi: (1.14) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling