Nashriyot-matbaaijodiy uyi


-§. O'LCHASH XATOLIKLARI VA ANIQLIK SINFI


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

1.5-§. O'LCHASH XATOLIKLARI VA ANIQLIK SINFI 
O'lchash natijasida, odatda o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiy-
matidan farq qiladigan qiymati topiladi. Ko'pincha, fizik kattalikning haqiqiy 
qiymati noma'lum bo'ladi va shu kattalikning qiymati o'rnida uning tajriba 
yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning 
haqiqiy qiymatiga shunchalik yaqin bo'ladiki, ko'zda tutilgan maqsad uchun 
undan foydalanish mumkin. Kattalikning o'lchash usuli bilan topilgan 
qiymati o'lchash natijasi deyiladi. O'lchash natijasi bilan o'lchanayotgan 
kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o'lchash xatoligi deyiladi. 
O'lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o'lchash xatoligi o'lchash-
ning mutlaq xatoligi deyiladi: 
(1.5) 
bu yerda, AX— mutlaq xatolik; X— o'lchash natijasi; Xh — o'lchanayotgan kattalikning 
haqiqiy qiymati. 
O'lchash mutlaq xatoligining o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy 
qiymatiga nisbati o'lchashning nisbiy xatoligi deyiladi. 
O'lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko'ra muntazam, 
tasodifiy va qo'pol xatoliklarga bo'Unadi. 
Muntazam xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o'lcha-
ganda o'zgarmas bo'lib qoladigan yoki biror qonun bo'yicha o'zgaradigan 
o'lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo'ladi, 
ularni tuzatmalar kiritish bilan bartaraf etish mumkin. 
Kattalikni o'lchash natijasida olgan qiymatga muntazam xatolikni barta-
raf etish maqsadida qo'shiladigan qiymat tuzatma deb ataladi. Odatda, 
muntazam xatoliklar instrumental (o'lchash asboblari), o'lchash usullari, 
subyektiv (noaniq o'qish), o'rnatish, uslubiy xatoliklarga bo'linadi. 
Instrumental xatolik deyilganda qo'llanayotgan o'lchash asboblari 
xatoliklariga bog'liq bo'lgan o'lchash xatoliklari tushuniladi. Yuqori aniqlikda 
o'lchaydigan asboblar qo'llanganda o'lchash asboblarining takomillash-
maganligi tufayli kelib chiqadigan instrumental xatoliklar tuzatma kiritish 
usuli bilan bartaraf etiladi. Texnik o'lchash asboblarining instrumental 
21 


xatoliklarini bartaraf etib bo'lmaydi, chunki bu asboblar tekshirilganda 
tuzatmalar bilan ta'minlanmaydi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling