Nashriyot-matbaaijodiy uyi
— N. R. Yusupbekov va boshq. 17
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- birlamchi ozgartkich
2 — N. R. Yusupbekov va boshq. 17
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o'lchov axboroti sig- nalini ishlab chiquvchi o'lchash vositasi o'lchash asbobi deyiladi. O'lchash asbobida kuzatuvchi o'lchanayotgan kattalikning son qiymatini o'qiydi yoki sanaydi. O'lchash asboblari analog va raqamli bo'lishi mumkin. Analog o'lchash asboblarida asbobning ko'rsatishi o'lchanayotgan kattalik o'zgari- shining uzluksiz funksiyasidan iborat bo'ladi, raqamli o'lchash asboblarida. esa ko'rsatishlar o'lchash axboroti signalini diskret o'zgartirish natijasidan iborat bo'lgan raqamli shaklda ifodalangan bo'ladi. Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo'llanila boshlandi, chunki ularning ko'rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish qulay. Raqamli asboblarning tuzilishi o'lchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka erishishga imkon beradi. Shu bilan birga raqamli asboblar qo'llanganda o'qish xatoligi bo'lmaydi. Ammo analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda anchagina sodda va arzondir. O'lchash asboblari ko'rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo'linadi. Ko'rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o'qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko'rsatuvlarni diagramma qog'ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko'zda tutiladi. Kombinatsiyalangan asboblar o'lchanayot- gan kattalikni bir vaqtning o'zida ko'rsatadi hamda qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda o'lchanayotgan kattalik vaqt bo'yicha yoki boshqa erkli o'zga- ruvchi bo'yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko'rsatishlar turli kanallar bo'yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattalikning yig'indisi bilan funksional bog'langan bo'ladi. O'lchashga doir axborotni uzatish, o'zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo'lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo'lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o'lchash vositasi o'lchash o'zgartkichi deb ataladi. Inson o'zining sezgi organlari bilan o'lchash o'zgartkichi signallarini qabul qila olmaydi. O'zgartiriladigan fizik kattalik — kirish kattaligi, uning o'zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog'lanishni o'zgartkich funksiyasi qaror toptiradi. O'lchash o'zgartkichlari o'lchash asboblarining, turli o'lchash tizimlarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O'lchanayotgan kattalik berilgan o'lchash o'zgartkichi birlamchi o'zgartkich deyiladi. Birlamchi o'lchash o'zgartkichlari, ko'pincha, datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o'lcha- nayotgan fizik kattalik ta'siridagi qismi sezgir element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir. O'lchash asboblari va o'zgartkichlari o'lchanayot- gan kattalikning turiga qarab, tegishli nomlarga ega bo'ladi, masalan, termo- metrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o'lchagichlar, sath o'lcha- gichlar, gaz analizatorlari, konsentratomerlar, nam o'lchagichlar va hokazo. Ayrim o'lchash vositalari va o'lchash tizimlaridan tashqari, murakkab axborot-o'lchash tizimlari ham qo'llanadi. Ular ko'plab texnologik usku- 18 nalarda avtomatik o'lchashni amalga oshirishnigina ta'minlab qolmay (o'lchash kanallari soni ming-minglab bo'lishi mumkin), balki o'lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo'yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan o'lchash o'zgartkichlarining axborot-hisoblash ma- shinalari va qurilmalari kirishiga keladigan signallarini unifikatsiyalash- tirish (birxillashtirish) zarurati tug'iladi. Signallarni unifikatsiyalashti- rish o'lchash asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi. O'lchash vositalari o'lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab ishchi, namunaviy va etalon o'lchash asboblariga bo'linadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling