Uzatuvchi o'lchash o'zgartkichi — o'lchash axboroti signallarini
masofadan turib uzatish uchun mo'ljallangan o'zgartkichdir.
Masshtabli o'lchash o'zgartkichi — kattalikni berilgan marta o'lchash
uchun mo'ljallangan o'zgartkich.
Istagan vazifani bajaruvchi o'lchash o'zgartkichi o'lchash asbobi bilan
konstruktiv birlashtirilgan bo'lishi yoki o'zi alohida qurilmani tashkil etishi
mumkin. O'lchash obyektiga o'rnatilgan va o'lchamlari, massasi hamda
ta'sir ko'rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga
javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o'lchov o'zgart-
kichlarining bir qator konstruktiv to'plamini
datchik deb atash qabul
qilingan.
Chiqish signalining turiga qarab, birxillashtirilgan, tabiiy yoki diskret
(kontaktli) signallar farq qilinadi.
Chiqish signallari birxillashtirilgan o'lchash o'zgartkichlari chiqishda
o'lchanayotgan fizik kattalikning turiga bog'liq bo'lmagan holda maxsus
qurilmalar yordamida shakllanadigan signallarga ega (ular tegishli davlat
andozalarida ko'zda tutilgan).
Chiqish signallari tabiiy bo'lgan o'lchash o'zgartkichlari shunday quril-
malarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiy yo'l bilan shakllanadi, ya'ni
o'lchanayotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va
samarali yo'l qo'llaniladi. O'lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga
qaramay, tabiiy chiqish signallarining turlari, odatda, o'nta bilan chegara-
lanadi: siljish, burilish burchagi, kuchlanishi, vaqt oralig'i, o'zgarmas va
o'zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks qarshilik, elektr sig'im, chas-
tota (takroriylik). Ba'zi hollarda tabiiy signalli o'lchash o'zgartkichlarining
asosan lokal nazorat qurilmalarida va uncha murakkab bo'lmagan obyekt-
larni avtomatlashtirishda qo'llanishi iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga
muvofiqdir.
Tabiiy signallarni birxillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus
Do'stlaringiz bilan baham: