Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Bevosita baholash usuli o'lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita 
o'lchash asbobining hisoblash qurilmasi bo'yicha bevosita topish imkonini 
beradi. Masalan, bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli 
tarozida, tok kuchini ampermetr bilan o'lchash va hokazo. Bu usulda 
o'lchash aniqligi uncha katta bo'lmasa ham, o'lchash jarayonining tezligi 
uni amalda qo'llanishda tengi yo'q usulga aylantiradi. 
Differensial usul o'lchanayotgan va ma'lum kattaliklarning ayirmasini 
o'lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq 
o'tkazuvchanligiga taqqoslash yo'li bilan issiqlik o'tkazuvchanlik bo'yicha 
o'lchash. 
G'oyatda aniq o'lchashlarda o'lchov bilan taqqoslash usuli qo'llanadi. 
Bunda o'lchanayotgan kattalik o'lchash yordamida topilgan kattaliklar bilan 
taqqoslanadi. Masalan, o'zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi 
kuchi normal element EYK iga teng bo'lgan taqqoslash kompensatorida 
13 


o'lchash yoki massani pishangli tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar 
bilan o'lchash. Bu usul ta'sir etuvchi kattaliklarning o'lchash natijasiga 
ta'sirini kamaytirishga imkon beradi. 
Nol (kompensatsion) usul o'lchanayotgan kattalikni qiymati ma'lum 
bo'lgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma 
ma'lum kattalikni o'zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, 
muvozanatlashtirilgan ko'priklar va boshqalar nol usulga asoslanib ishlovchi 
asboblarga misol bo'la oladi. Nol usul o'lchashning yuqori aniqligini 
ta'minlaydi. 
1.3-§. O'LCHASH O'ZGARTIRISHLARI VA O'ZGARTKICHLAR 
Texnologik o'lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha 
quyidagicha ifodalash mumkin: „Nima, qanday qilib va nima bilan o'lcha-
nadi?". Shuning uchun, bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o'lchash 
usullari va o'lchashlarning eng keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: 
o'lchash o'zgartkichlari va o'lchash asboblari qarab chiqiladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling