Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Bevosita o'lchash deb o'lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati 
tajriba ma'lumotlaridan bevosita aniqlanadigan o'lchashga aytiladi. Masalan, 
haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg'ich 
bilan o'lchash va hokazolar bevosita o'lchashdan iborat. 
Bevosita o'lchash tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega: 
(1.2) 
bu yerda, Q
hev
— o'lchanayotgan kattalikning uning uchun qabul qilingan o'lchov 
birliklaridagi qiymati; S — raqamli hisoblash qurilmasi shkalasi bo'linmalari-
ning yoki bir marta ko'rsatishining o'lchanayotgan kattalik birliklaridagi qiymati; 
n — shkala bo'linmalarining hisobida indikatorli qurilma bo'yicha olingan sanoq. 
Bilvosita o'lchash deb o'lchash natijasi o'lchanayotgan kattalik bilan £ 
ma'lum munosabat yordamida bog'langan kattaliklarni bevosita o'lchashga 
asosan olinadigan o'lchashga aytiladi. Bilvosita o'lchash tenglamasi quyidagi 
ko'rinishga ega: 
(1.3) 
bu yerda, Q
bU
— o'lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; Q
v
 Q
v
..., Q£
ev
 — 
bevosita o'lchanadigan kattaliklarning son qiymatlari. 
Bilvosita o'lchashga o'tkazgichning solishtirma elektr qarshiligini uning 
qarshiligi, uzunligi va ko'ndalang kesim yuzasi bo'yicha topish; modda -
zichligini uning massasi va hajmini o'lchash natijasi bo'yicha topish va 
boshqalar misol bo'la oladi. Bilvosita o'lchashlar bevosita o'lchashlarning 
iloji bo'lmagan ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda keng 
qo'llanadi. 
12 


Birlashtirib o'lchash bir nechta bir nomli kattaliklarni bir vaqtda 
o'lchashdan iborat bo'lib, unda izlangan kattaliklarning qiymatlari bevosita 
o'lchashda hosil qilingan tenglamalar tizimidan topiladi. 
Bir vaqtda ikki yoki bir nechta nomdagi turli kattaliklarni va ular 
orasidagi funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o'lchashlar 
qo'shma o'lchash deyiladi. Jumladan, o'lchash rezistorining 20°C dagi 
elektr qarshiligi va harorat koeffitsiyentlari uning qarshiligini turli harorat-
larda bevosita o'lchash ma'lumotlari bo'yicha topiladi. 
O'lchashlar yana mutlaq va nisbiy o'lchashlarga bo'linadi. 
Bir yoki bir nechta asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan 
foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o'lchash mutlaq o'lchash deb 
ataladi. Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o'lchashlar mutlaq 
o'lchashdir, chunki unda o'lchanayotgan kattalik qiymati bevosita olinadi. 
Biror kattalikning shu ismli birlik vazifasini bajarayotgan kattalikka 
nisbatini o'lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattaligi deb qabul qilingan 
kattalik bo'yicha o'lchash nisbiy o'lchash deb ataladi. Masalan, haroratni 
termoelektr effektdan foydalanishga asoslangan o'lchash yoki massani tor-
tish usuli bilan, ya'ni massaga mutanosib bo'lgan og'irlik kuchidan 
foydalanish usuli bilan o'lchash nisbiy o'lchashdan iborat. Nisbiy o'lchash-
dan katta aniqlik zarur bo'lgan hollarda foydalaniladi. 
O'lchashlar o'lchash asosini aniqlab beradigan fizik hodisalarga 
asoslanib olib boriladi. Masalan, moddaning kengayishi bo'yicha haroratni 
o'lchash, muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining ko'tarilishi bo'yicha 
siyraklanish (vakuum)ni o'lchash. O'lchashning biror asosini amalga 
oshirish uchun turli texnik vositalar qo'llaniladi. O'lchashlarda qo'llani-
ladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega bo'lgan texnik vositalar 
o'lchash vositasi deyiladi. O'lchash asosi va vositasini belgilab beradigan 
usullar majmuyi o'lchash usuli deyiladi. 
O'lchashlarda bevosita baholash, differensial, o'lchov bilan taqqoslash 
va nol (kompensatsion) usullar keng tarqalgan. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling