Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Ishchi o'lchash asboblari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Ishchi o'lchash asboblari xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida amaliy
o'lchashlar uchun mo'ljallangan. Ular aniqligi orttirilgan o'lchash asbob- lariga va texnik o'lchash asboblariga bo'linadi. Namunaviy o'lchash asboblari ishchi o'lchash asboblarini tekshirish va ularni o'zlari bo'yicha darajalashga xizmat qiladi. Etalon asboblar fizik kattalik birikmalarini qayta tiklash va saqlash, ularning o'lchamlarini namunaviy o'lchash asboblari orqali xalq xo'jaligida qo'llanadigan ishchi o'lchash vositalariga o'tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o'lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o'lchash asboblari yordamida boshqa o'lchash asboblariga o'tkaziladi. O'lchash vositalarining ko'rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko'rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o'lchash vositalarining ko'rsatishlarini namunaviy o'lchash asboblarining ko'rsatishlariga solishti- rish taqqoslash deb ataladi. Shkala bo'linmalariga asbobni tekshirish uchun qabul qilingan o'lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berish amali darajalash deb ataladi. O'lchash vositalari yordamida o'lchanayotgan fizik kattaliklar o'lchash axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o'zgartiriladi. Fizik kattalikni o'lchashda o'lchash qurilmasi (asbobi) ko'rsatkichni fizik kattalikka mutanosib ravishda siljitadi: (1.4) bu yerda, (p — asbob ko'rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, V— o'lchanayotgan fizik kattalik. (1.4) bog'lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi. Har qanday o'lchash asbobining ishlashi natijasida ko'rsatkichning siljishi o'lchanadigan kattalikni qiymatiga moslab o'zgartiriladi. Shu sababli o'lchash asbobini sxematik ravishda, o'lchanayotgan fizik kattalik В ni ko'rsatkichning mexanik siljish miqdori ga o'zgartiradigan o'zgartkich deb qarash mumkin. Oraliq o'zgartishlar soniga qarab, asbobni bo'g'inlarga bo'lish mumkin, bu bo'g'inlarning har biri asbob ichida В miqdorni ma'lum tarzda o'zgar- tiradi. Ana shu bo'g'inlar majmuasi o'lchanayotgan kattalikning talab etilgan o'zgarishini ko'rsatkichning siljishi ga o'zgartiradi. 19 Istalgan o'lchash asbobining strukturaviy sxemasi, uning ishlash prinsipidan qat'i nazar, ketma-ket ulangan o'lchash bo'g'inlari 0'b n 0'b 2 , ОЪг, , 0'b„ (1.2-rasm) qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo'g'in 0% uchun kirish qiymati bo'lib В kattalik xizmat qiladi. Наг bir bo'g'inning chiqish qiymati keyingi bo'g'in uchun kirish qiymati bo'lib xizmat qiladi. Oxirgi 0'b n bo'g'inning chiqish qiymati ko'rsatkichning B„=q> siljishini anglatadi. Umumiy holda o'lchash vositalarining strukturaviy sxemasini qurish prinsipiga qarab, ikki guruhga bo'lish mumkin: to'g'ri o'zgartiradigan o'l- chash sxemasi va signali moslashtiriladigan o'lchash sxemalari. To'g'ri Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling