Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- II bob. HARORATNI OLCHASH 2.1-§. HARORAT VA UNI OLCHASH HAQIDA TUSHUNCHA Harorat
TAYANCH SO'Z VA IBORALAR
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish; ishlab chiqarishni avtomat- lashtirish; avtomatlashtirish tizimi; birlamchi asbob; ikkilamchi asbob; markazlashtirilgan boshqarish tizimi; metrologiya; o'lchash turlari; o'lchash vositalari; o'lchash xatoliklari; aniqlik sinfi; shkala bo'linmasi qiymati; Sezgirlik; o'lchash chegarasi. Nazorat savollari 1. Mehnat unumdorligini oshirishda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning roli qanday? 2. Birlamchi o'zgartkich, birlamchi va ikkilamchi asboblar haqida qanday tushun- chaga egasiz? 27 3. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda mikroprotsessor va elektron hisoblash mashinalarini qo'llashdan maqsad nima? 4. Metrologiya nima? 5. O'lchash deganda nimani tushunasiz? 6. Qanday o'lchash turlari mavjud? 7. O'lchash xatoligi nima? 8. O'lchash xatoliklarining kelib chiqishiga sabab nima? Qanday xatoliklarni bilasiz? 9. Aniqlik sinfi nima? II bob. HARORATNI O'LCHASH 2.1-§. HARORAT VA UNI O'LCHASH HAQIDA TUSHUNCHA Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo'lib, amalda ham past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Jismning harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo'ladigan ichki kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xarakterlanadi. Haroratni o'lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma'lum bo'lgan ikki jismning qizdirilishini taqqoslash yordamida- gina amalga oshirilishi mumkin. Jismlarning qizdirilganlik darajasini taqqos- lashda ularning haroratga bog'liq bo'lgan va osongina o'lchanadigan fizik xossalaridan birini o'zgartirishdan foydalaniladi. Molekulalarning o'rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi bog'lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: (2.1) bu yerda: K— 1,380 • 10 23 J K A — Bolsman doimiysi; T—jismning mutlaq harorati, °K. Agar jismlarning harorati turlicha bo'lsa, ular bir-biriga tegib turganida energiyalarning tenglashuvi ro'y beradi: yuqoriroq haroratga ega, ya'ni molekulalarining o'rtacha kinetik energiyasi ko'proq bo'lgan jism o'z issiq- ligini (energiyasini) kamroq haroratga ega, ya'ni molekulalarining o'rtacha kinetik energiyasi kamroq bo'lgan jismga beradi. Shunday qilib, harorat issiqlik almashish, issiqlik o'tkazish jarayonlarining ham sifat, ham miqdo- riy tomonlarini xarakterlaydigan parametrdir. Ammo, haroratni bevosita o'l- chash mumkin emas: uni jismning haroratga bir qiymatli bog'liq bo'lgan qandaydir boshqa fizik parametrlari bo'yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog'liq parametrlarga masalan, hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning energetik ravshanligi va hokazolar kiradi. Harorat o'lchaydigan asbobni 1598-yilda Galiley birinchi bo'lib tavsiya etgan. So'ngra M.V. Lomonosov, Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan. O'lchanayotgan haroratning son qiymatini topish uchun haroratlar shkalasini o'rnatish, ya'ni sanoq boshini va harorat oralig'ining o'lchov birligini tanlash lozim. Kimyoviy toza moddalarning oson tiklanadigan qaynash va erish (asosiy reper va tayanch) nuqtalari bilan chegaralangan harorat oralig'idagi qator Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling