Nashriyot-matbaaijodiy uyi
-§. TERMOELEKTR TERMOMETRLAR
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
2.4-§. TERMOELEKTR TERMOMETRLAR
Haroratni o'lchashning termoelektr usuli termo EYK ning haroratga bog'liqligiga asoslangan. Bu asbob -200°C dan +2500°C gacha bo'lgan haroratlarni o'lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy-tekshirish ishlarida keng qo'llaniladi. Termoelektr termometrlar yordamida haroratni o'lchash 1821-yilda Zeebek kashf etgan termoelektr hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning haroratlarni o'lchashda qo'llanishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida haroratlar farqi hisobiga hosil bo'ladigan EYK effektiga asoslangan. Har xil A va В o'tkazgichlardan iborat zanjirni ko'rib chiqamiz (2.2-rasm). Termojuftning o'lchanayotgan muhitga tegib turgan joyi, kavsharlangan uchi 1 issiq ulanma, o'zgarmas t o haroratli muhitdagi joyi 2 esa (erkin uchi) sovuq ulanma deyiladi. A va В o'tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi. Bunday kavsharlangan o'tkazgichlar esa termojuft deb ataladi, ularda hosil bo'la- digan elektr yurituvchi kuch termoelektr yurituvchi kuch (TEYK) deyiladi. TEYK hosil bo'lishining sababi erkin elektronlar zichligi ko'proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi. Shu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo'ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko'rsatadi. Elektronlarning difluzion o'tish tezligi elektr maydon ta'sirida ularning qayta o'tish tezligiga teng bo'lganda harakatli muvozanat holati qaror topadi. Bu muvozanatda A va В metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo'ladi. Elektronlar diffu- ziyasining jadalligi o'tkazgichlar birikkan joynirig haroratiga ham bog'liq bo'lganlgi sababli, birinchi va ikkinchi ulanmalarda hosil bo'lgan EYK ham turlicha bo'ladi. Agar kavsharlangan o'tkazgichlar bir xil bo'lsa va ularning ikki uchi turlicha haroratda qizdirilsa, u holda o'tkazgichning issiqroq qismidan sovuqroq qismiga erkin elektronlarning diffuziyalanishi teskari yo'nalishdagi 39 diffuziyasidan jadalroq bo'ladi. Potensiallar ayirmasi elektronlarning issiqlik diffuziyasiga teskari yo'nalishda ta'sir qiladi, buning natijasida muvozanat holati qaror topguncha o'tkazgichning issiqroq uchi musbat ishorada zaryadlanadi. Binobarin, har xil A va В o'tkazgichlardan tashkil topgan eng sodda termoelektr zanjirda to'rtta turlicha TEYK hosil bo'ladi. Ya'ni ikkita TEYK A va В o'tkazgichlarning kavsharlangan uchida; bitta TEYK A o'tkazgichning uchida; bitta TEYK В o'tkazgichning uchida. Shuni nazarda tutib, 2.2-rasmda tasvirlangan zanjirdagi TEYK kattaligini aniqlash mumkin. Zanjirni soat strelkasi harakatiga teskari yo'nalishda kuzatsak, quyidagi natija kelib chiqadi: (2.17) bu yerda: E AB (/, t 0 ) — ikkala faktor ta'siridagi jamlangan TEYK; e AB (t) va e AB (/ 0 ) — A va В o'tkazgichlar uchidagi potensiallar hamda haroratlar ayirmasi natijasida hosil bo'lgan TEYK. Agar kavsharlangan uchlarning harorati bir xil bo'lsa, TEYK nolga teng bo'ladi, chunki ikkala kavsharda ham hosil bo'lgan TEYK ning qiymati bir- biriga teng bo'lib, o'zaro qarama-qarshi tomonga yo'nalgan bo'ladi. Demak, t = t 0 bo'lsa, (2.18) (2.19) (2.19) natijani (2.17) ga qo'ysak, quyidagiga ega bo'lamiz: E AB(t,t) Q = e AB(t) ~ e AB(t 0 ) (2.20) (2.20) tenglamadan ko'rinib turibdiki, TEYK ikkita o'zgaruvchan t va t 0 haroratning murakkab funksiyasidan iborat ekan. Ulanmalardan birining harorati o'zgarmas, masalan, t 0 = const bo'lsa, unda (2.21) (2.21) ifoda mazkur termojuft uchun darajalash yo'li bilan TEYK va harorat nisbatini topish, haroratni o'lchash masalasini teskari yechish ke- rakligini, ya'ni termojuftning TEYK ini o'lchash bilan haroratning qiymatini aniqlash mumkinligini bildiradi. O'lchash asbobini ulash uchun ulanmalardan biridagi zanjirni (2.3- rasm, a) yoki termoelektrodlardan bi- rini uzish (2.3-rasm, b) kerak. 40 Termojuft zanjiriga uchinchi С o'tkazgichni ulash variantlaridagi jam- langan TEYK ni ko'rib chiqamiz. 2.3-rasm, a dagi variant uchun: (2.22) t = t Q , ya'ni ulanmalarining harorati teng bo'lsa, (2.23) bu tenglamadan ma'lumki, (2.24) (2.24) tenglama natijasini (2.21) ga qo'yib chiqsak, (2.20) tenglama kelib chiqadi. 2.3-rasm, b dagi variant uchun: (2.25) Agar e BC(t,)= -евса,) va e B A ( ^ = h i s o b g a olinsa, (2.25) tenglama (2.20) tenglamaga aylanadi. Bundan quyidagi muhim xulosani chiqarish mumkin: termojuftning zanjiri uchlariga harorati bir xil bo'lgan uchinchi o'tkazgich ulanganda ham TEYK o'zgarmaydi. Demak, termojuft zanjiriga ulash simlari, o'lchov asboblari va qarshilik- larni ulash mumkin ekan. Haroratni termoelektr termometr yordamida o'l- chash uchun termometr hosil qiladigan termo EYK ni va erkin uchlarning haro- ratini o'lchash kerak. Agar haroratni o'lchashda termometr uchlarining haro- rati 0°C ga teng bo'lsa, unda o'lcha- nayotgan harorat darajalash xarakteris- tikasidan (jadvallar, grafiklardan) (2.4- rasm) darhol topiladi. Bu darajalash xarakteristikasi, termo EYK bilan harorat orasida mu- nosabat o'rnatadi. Termoelektr termometrlarning darajalash xarakteristikasi, odatda, erkin uchlarining harorati 0°C ga teng bo'lganda aniqlanadi. Agar erkin uchlarining harorati amalda 0°C dan farq qilsa-yu, ammo o'zgarmas bo'lsa, unda haroratni darajalash xarakteristikasidan topish uchun termo- juftlar hosil qiladigan termo EYK nigina emas, balki erkin uchlari harorati t Q ni ham bilish zarur. Erkin uchlari harorati t 0 *0 bo'lganda tuzatish kiritish uchun termoelektr termometr hosil qiladigan termo EYK E(t 0 , t 0 ) ga Д/ 0 —0) ni qo'shish lozim: termo EYK E(r 0 , 0) qiymati topiladi: (2.26) Termoelektr termometr ish ulanmasi harorati t va erkin uchlari haro- rati 0°C bo'lganda, ya'ni darajalash sharti bajarilganda shunday E(/, t Q ) EYK ni hosil qiladi. Agar o'lchash jarayonida erkin uchlar harorati biror 41 yangi t FF 0 qiymatni qabul qilsa, unda termometr hosil qiladigan termo EYK E(t, tj ga (2.4-rasm) va erkin uchlar haroratiga kiritiladigan tuzatish E(tF 0 , 0) ga, darajalash shartiga mos termo EYK esa (2.27) bo'ladi. Termoelektr termometrning erkin uchlari haroratiga kiritiladigan tuzat- ma qiymati termometrning darajalash xarakteristikasiga bog'liq bo'ladi, u esa termoelektr termometr tayyorlanadigan o'tkazgich materiallar bilan bel- gilanadi. Tuzatmani kiritish usulidan qat'iy nazar (hisobiy yoki avtomatik), tuzatma kiritish uslubi o'zgarmay qoladi: qaysi usul bilan tuzatma (hisobiy yoki avtomatik) kiritilganidan qat'i nazar, sxemada E(t, 0) qiymat olinadi, bu qiymat keyin termojuft termo EYK iga qo'shiladi. Yig'indi termo EYK E(t, 0) darajalash qiymatiga mos keladi. Haroratni o'lchashga oid alohida masalalarni yechish uchun termo- elektr termometrlarni o'lchash asbobi bilan o'lchashning turli usullari qo'l- laniladi. Termoelektr termometrining o'zgartish koeffitsiyentini orttirish uchun bir nechta termojufllarni (termobatareyalarni) ketma-ket ulashdan foyda- laniladi. Bunda termojuftlar hosil qiladigan termo EYK qo'shiladi, ya'ni n ta termojuftdan tuzilgan termobatareyalar termo EYK alohida olingan termojuft termo EYK idan katta bo'ladi. Ikki nuqta orasidagi harorat farqini o'lchash uchun differensial ter- moelektr termometr qo'llaniladi. U ikkita qarama-qarshi ulangan bir xil termometrdan tuzilgan. Agar haroratlar farqi o'lchanayotgan nuqtalarning harorati bilan o'zaro teng bo'lsa, unda o'sha nuqtalarda termometr hosil qiladigan TEYK lar ham teng bo'ladi. Bunday holda termometrlardagi zanjir toki nolga teng bo'ladi, chunki qarama-qarshi ulanganda bir termojuftning TEYKi boshqa termojuftning TEYKi bilan kompensatsiya qilinadi va o'lchash asbobi nolni ko'rsatadi. Agar va t 2 haroratlar turlicha bo'lsa, u holda qaysi harorat yuqori bo'lishiga qarab, haroratlar farqiga mutanosib bo'lgan zanjir toki biror yo'nalishda oqadi, buni o'lchash asbobi ko'rsatadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling