Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Suyuqlikli manometrik termometrlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Suyuqlikli manometrik termometrlar tizimi boshlang'ich bosim ostida
suyuqlik bilan to'ldiriladi. Buning uchun simob, ksilol, propil alkogol, metaksilol va hokazolar ishlatiladi. Suyuqlikli termometrlar uchun bog'lov- chi kapillarlar uzunligi 0,6 m dan 10 metrgacha bo'ladi. Bu termometrlar -150°C dan 600°C gacha bo'lgan haroratlarni o'lchashga imkon beradi. Termoballon harorati t Q dan t gacha orttirilganda undagi suyuqlik ken- gayadi, ortiqcha hajm kapillarga va manometrik prujinaga ta'sir etadi. Biroq, termoballon va kapillar qattiqligi manometrik prujinanikidan anchagina ko'p, shuning uchun tizim hajmining orttirilishi manometrik prujina hajmining o'zgarishi hisobidan bo'ladi. Manometrik prujinaning deformatsiyalanishi natijasida uning erkin uchi siljiydi. Suyuqlik uchun harorat ta'sirida o'zgargan bosimni quyidagi tenglama orqali topish mumkin: (2.15) bu yerda: AP — berilgan bosimning o'zgarishi, N/m 2 ; p — berilgan suyuqlikning hajmiy 1 kengayish koeffitsiyenti, g r a c j ; At — haroratning o'zgarishi, °C; ц — berilgan suyuqlik hajmining kamayish koeffitsiyenti, m 2 /N. Termoballondan siqib chiqariladigan ortiqcha suyuqlik hajmi quyidagi tenglama yordamida hisoblanishi mumkin: (2.16) bu yerda: V 0 —t Q haroratda termoballondagi suyuqlik hajmi; a — termoballon materiali chiziqli kengayishining harorat koeffitsiyenti; p — suyuqlik hajmiy kengayishining harorat koeffitsiyenti. (2.16) tenglamadan ko'rinadiki, qizdirishda suyuqlik hajmining o'zgarishi haroratning chiziqli funksiyasidan iborat ekan. Shuning uchun, suyuqlikli termometrlarning shkalasi gazli termometrlarniki kabi tekis bo'ladi. Termometrdagi suyuqlik qaynab ketmasligi uchun undagi boshlang'ich bosim 1,47...4,96 mN/m 2 (15...50 kg/sm 2 ) gacha bo'lishi mumkin. 37 Ta'kidlab aytamizki, atrof-muhit haroratining o'zgarishidan kelib chi- qadigan xatolik suyuqlikli termometrlarda gazli termometrlarga qaraganda katta. Bu xatoliklar gazli termometrlar uchun hisoblanadigan tenglamalar bo'yicha hisoblanaveradi. Kapillar haroratining o'zgarishida ayniqsa katta xatoliklar yuzaga keladi. Shuning uchun, kapillarning uzunligi katta bo'lganda kompensatsion qurilmadan foydalanish zarur. Suyuqlikli termometrlarda termoballonning manometrga nisbatan ba- landligi bo'yicha turlicha joylashishidan kelib chiqadigan xatolikni ham e'tiborga olish lozim. Bu xatolikni, asbobni o'rnatgandan keyin, nolni to'g'- rilash hisobiga kompensatsiya qilish mumkin. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling