Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
43
г 2500°C gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni o'lchashga mo'ljallangan. Musbat termoelektrod 95% volframdan va 5% reniydan yoki 90% volframdan va 10% reniydan tashkil topgan qotishma, manfiy elektrod 80% volframdan va 20% reniydan tashkil topgan qotishma. Sanoatda termoelektr o'zgartkichlar- ning 9 turidan foydalaniladi. 2.5-rasmda ba'zi standart termoelektr termometrlari- ning EYKi bilan harorat orasidagi bog'- lanishi ko'rsatilgan. TXK turidagi ter- mojuft boshqa standart termojuftlarga qaraganda ancha katta TEYK hosil qila oladi. Termoelektr generator, termoelektr sovitgich va turli o'lchash asboblarida yarimo'tkazgichli termojuftlar ishlatiladi. 44 Ularning TEYKi metall va metall qotishmalaridan ishlangan oddiy termoparalar TEYK idan 5... 10 marta katta. Bu termojuftlarda termoelektrod materiallar sifatida ZnSB va CdSb qotishmalari ishlatiladi. Turli muhitlar haroratini o'lchaydigan termojuftning sxemasi 2.6-rasmda ko'rsatilgan. U g'ilof 1, qo'zg'almas yoki qo'zg'aluvchi shtutser 2, qo'zg'almas shtutser bilan naycha 6 orqali, shtutser harakatda bo'lganda esa g'ilof bilan bevosita ulangan kallak 3 dan iborat. Qopqoqda izolatsion materialdan ishlangan ulagich 4 joylashgan. Bunda termojuftni o'lchash asbobi bilan ulaydigan termo- elektrod 5 va simlar uchun qisqichlar bor. Himoya g'iloflari, ko'pincha, +1000°C gacha harorat- lar uchun po'latning turli rusumlaridan tayyorlanadi. Bun- dan ham yuqoriroq haroratlarda qiyin eriydigan birikma- lardan tayyorlangan maxsus g'iloflar ishlatiladi. Oxirgi vaqtda kabel turidagi termoelektr termometrlar keng tarqalmoqda. Ular bosim 40 MPa bo'lganda —50 dan + 1100°C gacha bo'lgan haroratlar oralig'ida qo'llaniladi. Kabel turdagi termometrlarning muhim afzalligiga ularning AES laming energetik reaktorlarida ishlashga imkon tug'diradigan radiatsion chidamliligi, shuningdek, issiqlik zarblariga, tebranishga va mexanik kuchlarga nisbatan chidamliligining yuqoriligi kiradi. Sirt haroratlarini o'lchashga mo'ljallangan termoelektr termometrlar maxsus tuzilishga ega. Bunday termoparalardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi, ular turli uskuna, quvur, mashinalarning aylanuvchi qismi va hokazolarning sirt haroratini o'lchashga xizmat qiladi. Maxsus termoelektr termometrlardan vertikal uskunalarda (ammiak sintezi kolonnalarida, metanol va h.) haroratni o'lchash uchun ishlatiladi- gan ko'p zonali termometrlarni ko'rsatish mumkin. Termoparalarning asosiy kamchiligi sifatida ularning inersionligining kattaligini ko'rsatish mumkin (5 minutdan ham oshadi). Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling