Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Millivoltmetrlar. Termoelektr termometrlar (termojuftlar) dagi TEYKni
o'lchash uchun elektr magnit millivoltmetrlar, potensiometrlar va me'yor- lovchi o'zgartkichlar keng qo'llanilmoqda. Millivoltmetr elektr magnit o'lchash asbobi bo'lib, uning ishlash prinsipi qo'zg'aluvchan ramkadan o'tayotgan tokning o'zgarmas magnit maydoni bilan o'zaro ta'sir- lashishiga asoslangan. Millivoltmetrning tuzilishi 2.8-rasmda-ko'r- satilgan. Doimiy magnitning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostlari 8 da aylanadigan o'qlarda joylashgan o'zak 3 orasidagi (havo oralig'ida) ramka 5 bor. Ramkaning uchlari o'qlar 7 ga ulangan ramkaga kronshteyn 9, strelka 10 ulangan. 46 Strelkaning uchi shkala 11 bo'ylab siljiydi. Ramka termojuft zanjiriga ulanganda spiral-prujina 6 dan keladigan tok ramkadan o'tadi. Ramkaning chulg'ami orqali tok o'tganda hosil bo'lgan magnit maydoni bilan doimiy maydon o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo'ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta'sir qiladi. TEYK iga strelkaning muayyan bir vaziyati to'g'ri keladi.Tok o'tmagan paytda elastik prujinalar 6 ramkani boshlang'ich vaziyatga qaytaradi, strelkaning shkala 11 bo'yicha ko'rsatishi esa nolga teng bo'ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlashi uchun posangi 4 bilan ta'minlangan. Asbob shkalasi °C da darajalangan. Ramkadan o'tayotgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o'zaro ta'sir tufayli paydo bo'lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. (2.29) bu yerda: M ayl — aylantiruvchi moment; C, — ramkaning geometrik o'lchami va chulg'amlari soni bilan aniqlanadigan doimiy koeffitsiyent; В — oraliqdagi magnit induksiyasi; I — ramkadagi tok. Aylanishga teskari ta'sir etuvchi moment: (2.30) bu yerda: C 2 — elastik element (spiral - prujina yoki cho'zilgan tolalar) o'lchamidan aniqlanadigan doimiy koeffitsiyent; E — spiral prujinalarining elastik moduli yoki cho'zilgan tolalarning siljish moduli; cp — elastik elementning burilish burchagi. Agar M , = M les , ya'ni muvozanat holati bo'lsa, (2.31) u holda (2.32) Asbobning tuzilish parametrlariga bog'liq bo'lgan С, В, E kattaliklar o'lchash jarayonida o'zgarmaydi, shuning uchun, (2.33) bu yerda: (2.33) ifodadan pirometrik millivoltmetr shkalasi chiziqli ekanligini ko'rish mumkin. Asbobni qo'zg'aluvchan tizimining burilish burchagi ramkadan o'tayot- gan tok kuchidan tashqari yana termojuft, ulaydigan simlar va millivolt- metrlarning ichki qarshiligiga ham bog'liq: J (2.34) 47 bu yerda: E T — TEYK; R T — termopara qarshiligi; RS — ulaydigan simlar qarshiligi; R M — millivoltmetrning ichki qarshiligi. (2.34) ifodadan asbob strelkasining chetga chiqishi TEYK ning o'zgarmas qiymatida zanjirning turli qarshiliklariga bog'liq ekanligi ko'rinib turibdi. Shuning uchun, asbobning darajalanishi zanjir tashqi qismining muayyan qarshiligida (R tash = R t + R) bajariladi va qo'shimcha xatoliklarga yo'l qo'ymaslik uchun pirometrik millivoltmetrni o'rnatish jarayonida shu qarshilik aniq saqlanishi shart. Odatda, tashqi qarshilikning darajali miqdori 0,6; 1,6; 5; 15; 25 Om ga teng bo'lib, asbobning shkalasi va pasportida ko'rsatiladi. Tashqi qarshilikni millivoltmetr shkalasida ko'rsatilgan qarshilik- ka tenglashtirish uchun o'zgaruvchi qarshilikdan foydalaniladi. O'lchash asbobi sifatida ishlatiladigan millivoltmetrli termoelektrlar komplektining kamchiligi o'lchash asbobida tok mavjudligidir. Ток qiymatiga, ya'ni millivoltmetrning ko'rsatishiga TEYK dan tashqari, zanjirning qar- shiligi ham ta'sir qiladi: Har bir qarshilikning o'zgarishi o'lchashda sodir bo'ladigan xatolikka olib keladi. Noqulay sharoitda bu xatolik asosiy xatolik miqdoridan (aniqlik sinfidan) oshib ketishi mumkin. Texnik millivoltmetrda ramka qarshiligining millivoltmetr umumiy qarshiligiga nisbati 1:3 dan ortiq emas. Millivoltmetrning umumiy qarshiligi orttirib borilsa, uning harorat koeffitsiyenti kamayib boradi. Shu bilan atrof-muhit harorati o'zgarishidan kelib chiqadigan xatolik ham kamayadi. Agar termojuft erkin uchlarining harorati o'lchash jarayonida keng chega- ralarda o'zgarsa, unda ko'prik sxemasidan foydalangan holda sovuq ulanmalar haroratini kompensatsiya qilish usuli qo'llaniladi. Sanoatda va laboratoriyalarda qo'llaniladigan millivoltmetrlar ko'rsa- tuvchi, o'zi yozuvchi va rostlovchi bo'lishi mumkin. Tuzilishining bajarilishi nuqtayi nazaridan asboblar shitda o'rnatiladigan va ko'chma bo'ladi. Ko'chma asboblar uchun 0,2; 0,5 va 1,0, shchitda o'rnatiladiganlari uchun 0,5; 1,0 va 1,5 aniqlik sinflari belgilangan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling