Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

o'zgartirish prinsipi bo'yicha o'lchash vositalarida o'lchanayotgan kattalik 
dastlabki o'zgartkichga yoki uning o'lchash zanjiri qismidan iborat bo'lgan 
sezgir elementga keladi. O'lchash zanjirida, odatda, o'lchanayotgan katta-
likni axborotning biror eltuvchisi (elektr tok kuchi yoki kuchlanishi, siqil-
gan havo bosimi va boshqalar) signaliga o'zgartirish kiritish bo'yicha amalga 
oshiriladi. So'ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga 
uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanash 
qurilmasi qolishi mumkin. To'g'ri, o'zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, 
yetarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, 
amalda, kichik signallarni o'lchashda foydalanib bo'lmaydi. Differensial 
o'zgartkichlar va ular bilan o'lchash sxemalari to'g'ri o'zgartkich sxemalari 
turlaridan biridir. 
Signalni muvozanatlashtiradigan o'lchash sxemalari strukturasi 1.3-rasmda 
keltirilgan. O'lchanayotgan kattalik X dastlabki o'zgartkich DO' ga yoki 
uning sezgir elementi SE ga keladi va Rx signalga aylantiriladi, bu signal 
kompensatsiya qurilmasi KQ dan chiqqan R signal bilan moslashtiriladi. 
Kompensatsiya qurilmasi KQ chiqish signali cp ni kompensatsiya qiluvchi R

signalga o'zgartiradi. 
20 


Nobalans signali AR nomuvoflqlashtirish indikatori N1 orqali kuchay-
tirgich К kirishiga beriladi. Kuchaytirgichning chiqish signali integrallovchi 
qurilma IQ ga (masalan, reversiv dvigatelga) ta'sir qiladi yoki chiqish 
signali ф kuchaytirgich chiqishidan olinadigan signal yo'q bo'lganda o'zgar-
may qolaveradi. Signal asbob ko'rsatkichi AK va kompensatsiya qurilmasi KQ 
ga beriladi. Shunday qilib, chiqish signali cp o'lchanayotgan X kattalik 
qiymatini aniqlaydi. Signalni muvozanatlashtiruvchi asboblar yuqori aniq-
likka ega bo'lib, kichik signallarni o'lchash imkonini beradi, ammo ularning 
tezkorligi kam, bahosi yuqori, ishonchliligi esa to'g'ri o'zgartkich asbob-
larinikiga qaraganda past. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling