Nashriyot-matbaaijodiy uyi


me'yorlovchi o'zgartkichlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

me'yorlovchi o'zgartkichlar ko'zda tutilgan. 
Diskret chiqish signalli o'lchash o'zgartkichlari (releli o'zgartkichlar) 
chiqishda o'lchanayotgan kattalik ma'lum qiymatga erishganda o'z holatini 
o'lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizatsiya uchun qo'l-
lanadi. 
O'lchash qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda 
oqimlari hisoblanadi. O'lchash o'zgartkichining yoki asbobning kirishiga 
energiya kirmasa (o'lchash obyektidan yoki oldingi o'zgartkichdan), 
o'lchash axborotini uzatish mumkin bo'lmaydi. Buni hisobga olib, barcha 
birlamchi o'zgartkichlar ikki guruhga bo'linadi: generatorli va parametrik 
o'zgartkichlar. 
Generatorli o'zgartkichlar — shunday o'zgartkichki, ularda axborot 
oqimini shakllantirish uchun qo'shimcha manbadan energiya talab qilin-
maydi. Masalan, termopara haroratni termo EYKga aylantirib, energiyani 
16 


faqat o'lchash obyektidangina oladi. Shunday qilib, generatorli o'zgart-
kichlarda energiya va axborot oqimlarining yo'nalishlari bir xil bo'ladi. 
Parametrik o'zgartkichlar — shunday o'zgartkichlarki, ularda energiya 
va axborot oqimlarining yo'nalishlari bir xil bo'lmaydi. Xususan, agar 
obyektda qarshiligi haroratga bog'liq bo'lgan termorezistor o'rnatilgan 
bo'lsa, u holda axborot olish uchun asbobdan yoki o'zgartkichdan termore-
zistorga tok o'tkazish zarur. Tokning o'zgarishi o'lchanayotgan haroratning 
o'zgarishi haqidagi axborot bo'ladi. Axborot signalining intensivligi manba 
signali intensivligiga bog'liq bo'lib, bu parametrik o'zgartkichlarning o'ziga 
xos xususiyatidir. 
1.4- §. O'LCHASH VOSITALARI, ULARNING ELEMENTLARI VA 
PARAM ETRLARI 
O'lchash vositalari o'lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan 
metrologik xossalarga, ya'ni kattaliklarning ma'lum sonli qiymatlariga 
hamda o'lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossa-
larga ega bo'ladi. 
O'lchash vositalarining asosiy turlariga o'lchov, o'lchash asboblari, 
o'lchash o'zgartkichlari va o'lchash qurilmalari kiradi. 
O'lchov — berilgan o'lchamdagi fizik kattalikni qayta o'lchash uchun 
mo'ljallangan o'lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh — massa o'lchovi; 
o'lchov rezistori — elektr qarshilik o'lchovi; yoritish lampasi — yorug'lik 
o'lchovi va hokazo. 
Bir xil o'lchamli turli fizik kattalikni qayta o'lchaydigan bir qiymatli 
hamda turli o'lchamdagi bir nomli qator kattaliklarni qayta o'lchaydigan 
ko'p qiymatli o'lchovlar bor. Ko'p qiymatli o'lchovlarga bo'linmali chiz-
g'ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo'la oladi. Maxsus 
tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o'lchamli 
bir nomli qator kattaliklarni qayta o'lchash maqsadida qo'llaniladigan 
o'lchovlar komplekti o'lchovlar to'plamini tashkil etadi. Masalan, qadoq-
toshlar to'plami, uchlikli uzunlik o'lchovlari to'plami, o'lchov kondensa-
torlari to'plami va hokazo. O'lchovlar magazini — sanoq qurilmalari bilan 
bog'langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo'lgan bitta konstruktiv butun 
qilib birlashtirilgan o'lchovlar to'plami. O'lchovlar magazini elektrotexnikada 
keng qo'llaniladi: qarshilik magazini, sig'imlar magazini, induktivliklar 
magazini. 
O'lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi. 
Standart namuna — modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini 
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o'lchov. Masalan, 
tarkibidagi kimyoviy elementlari ko'rsatilgan ferromagnit materiallar xossa-
larining standart namunasi. 
Namuna modda — tasdiqlangan spetsifikatsiyada ko'rsatilgan, tayyorlash 
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan, ma'lum xossalarga ega bo'lgan 
moddadan iborat o'lchov. Masalan, „toza" gazlar, „toza" metallar, „toza" suv. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling