Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

O'lchash o'zgartirishi — bitta fizik kattalik o'lchamini boshqa fizik kattalik 
o'lchamiga o'zgartirishdan iboratdir. Misol tariqasida p bosimni deformatsion 
manometr yordamida o'lchashni qarab chiqamiz. Bosim ta'sirida naysimon 
prujina buraladi (uning erkin uchi biroz siljiydi) — bu o'zgartirishning 
birinchi bosqichi: AR-^Al. Naysimon prujina uchining siljishi o'qning 
burilish burchagiga o'zgaradi: Д/-^Д<р — bu o'zgartirishning ikkinchi 
bosqichidir. O'qda strelka mavjud bo'lib, uning uchi bo'linmali shkala 
bo'yicha siljiydi — bu o'zgartirishning uchinchi bosqichidir Дф-»Да, u 
o'lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon beradi. Umumiy 
holda hamma o'zgartirishlarni quyidagicha yozish mumkin: 
O'lchash o'zgartkichi — o'lchashlar vositasi sifatida o'lchash o'zgartirishi 
Д Д a ni amalga oshirishga imkon beradi. Kattalikning ketma-ket o'zgartirishlar 
14 


qatoridan bittasi yuz beradigan o'lchash vositalari elementi о 'zgartirish elementi 
deb ataladi. O'zgartirish elementi har doim ham konstruktiv ajralib turmaydi, 
ya'ni o'lchash vositasi tuzilishining ayni bitta elementi ikki va undan ortiq 
o'zgartirish elementiga ega bo'lishi mumkin. 
O'lchash axboroti signali, hamma o'zgarishlarning amalga oshishini 
ta'minlovchi o'zgartirish elementlari to'plami o'lchash vositasining o'lchash 
maqsadi deyiladi. O'lchash zanjirida bevosita o'lchanayotgan kattalik ta'sirida 
bo'lgan birinchi o'zgartirish elementining qismi sezgir element deyiladi. 
Sezgir elementning o'lchash vositasini aniqlashda e'tiborli bo'lish va uni 
himoya armaturasi bilan chalkashtirmaslik kerak, chunki bu armatura 
o'lchanayotgan kattalikka bevosita tegib turadi. „O'lchash o'zgartirishi" 
tushunchasi „o'lchash o'zgartkichi" tushunchasiga qaraganda ancha keng 
ma'noga ega, chunki ayni bir o'lchash o'zgartirishi o'lchash o'zgartkich-
larning ish (ta'sir) prinsipi turlicha bo'lgan ketma-ketlik bilan bajarilishi 
mumkin. 1.1-rasmda ayni bir xil harorat o'lchash o'zgartirishini mexanik D/ 
siljishga o'zgartiradigan turli o'zgartkichlarga misollar keltirilgan. Birinchi 
holda bu simob ustunining harorat ko'tarilishi natijasida kengayishidagi 
siljishi bo'lsa, ikkinchi holda — qatlamlari turlicha bo'lgan harorat kengayish 
koeffitsiyentiga ega bo'lgan bimetall plastinkalarning siljishi; uchinchi holda — 
harorat o'lchanadigan muhit bilan bevosita aloqada bo'lgan sezgir element 
bilan bog'liq asbob ko'rsatkichining (strelkasining) siljishi. Shunday qilib, 
o'lchash o'zgartirishining ko'rsatmasi nimani nimaga aylantirish kerak, 
degan savolgagina javob beradi, aniq o'lchash o'zgartkichlarining ko'rsatishi 
esa buni tabiatan qanday bajarish mumkin, degan savolga javob beradi. Aslida 
o'lchash o'zgartkichi bir xususiy o'lchash o'zgartirishini bajaruvchi ma'lum 
amaliy prinsipda yasalgan texnik qurilmani ifodalaydi. 
O'lchash o'zgartkichining asosiy xarakteristikalaridan biri — o'zgartirish 
koeffitsiyenti bo'lib, u o'lchanayotgan kattalikni akslantiruvchi o'zgartkich-
ning chiqishidagi signalning o'zgartkich kirishidagi signalga nisbatini ifoda-
laydi. 
Funksional vazifasiga ko'ra, o'lchash o'zgartkichlarini quyidagi turlarga 
ajratish qabul qilingan: birlamchi, oraliq, masshtabli, uzatuvchi va bosh-
qalar. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling