Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Birliklarning karrali va ulushli qiymatlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Birliklarning karrali va ulushli qiymatlari 
10 


1.2-jadvalning davomi. 
1.1 va 1.2-jadvallarda fan, texnika va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng 
qo'llaniladigan birliklarning o'nlik karrali va ulushli qiymatlari keltirilgan. 
Mamlakatimizda o'lchovlarning mushtarakligi O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining standartlar davlat qo'mitasi va metrologik 
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
1.2- §. O'LCHASHLAR. O'LCHASH TURLARI 
O'lchash — fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik 
vositalar yordamida aniqlash. 
Ko'p hollarda o'lchash jarayonida o'lchanayotgan kattalik shunday fizik 
kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo'lgan qiymat berilib, bu 
uning fizik kattalik birligi yoki o'lchov birligi deyiladi. 
11 


O'lchash natijasi — kattalikning o'lchash usuli bilan, masalan, katta-
likni o'lchov birligi bilan taqqoslash yordamida topilgan qiymatidan iborat. 
O'lchash natijasini tenglama ko'rinishida quyidagicha yozish mumkin: 
(1.1) 
bu yerda, Q — o'lchanayotgan flzik kattalik, U — o'lchash natijasi yoki o'lchanayotgan 
kattalikning son qiymati, q — fizik kattalik birligi. 
(1.1) tenglama o'lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning o'ng 
tomoni o'lchash natijasi deb yuritiladi. O'lchash natijasi doimo o'lchamli 
kattalik bo'lib, u o'z nomiga ega bo'lgan q birlikdan hamda ayni shu 
birlikdan o'lchanayotgan kattalikda nechta borligini anglatadigan U sondan 
tashkil topgan. 
O'lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib 
va qo'shma o'lchash usullari yordamida topiladi. Laboratoriya amaliyotida va 
ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va qo'shma o'lchash usullaridan foydala-
niladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling