Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Birlamchi o'lchash o'zgartkichi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Birlamchi o'lchash o'zgartkichi — o'lchash o'zgartkichi ishining birin-
chi bosqichi bo'lib, unda o'lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik 
kattalik qiymatiga o'zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning 
naysimon prujinasi. Birlamchi o'lchash o'zgartkichi yordamida o'lchana-
digan kattalik yoki o'zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o'zgartkichga yoki 
o'lchash asbobiga uzatilishi mumkin. 
Oraliq o'lchash o'zgartkichi — o'lchash zanjirida birlamchi o'zgartkichdan 
keyingi o'rinni egallagan o'lchash o'zgartkichi bo'lib, o'lchanayotgan fizik 
kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xil) signalga o'zgartirishga mo'ljallangan 
o'zgartkichdir. 
15 


Uzatuvchi o'lchash o'zgartkichi — o'lchash axboroti signallarini 
masofadan turib uzatish uchun mo'ljallangan o'zgartkichdir. 
Masshtabli o'lchash o'zgartkichi — kattalikni berilgan marta o'lchash 
uchun mo'ljallangan o'zgartkich. 
Istagan vazifani bajaruvchi o'lchash o'zgartkichi o'lchash asbobi bilan 
konstruktiv birlashtirilgan bo'lishi yoki o'zi alohida qurilmani tashkil etishi 
mumkin. O'lchash obyektiga o'rnatilgan va o'lchamlari, massasi hamda 
ta'sir ko'rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga 
javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o'lchov o'zgart-
kichlarining bir qator konstruktiv to'plamini datchik deb atash qabul 
qilingan. 
Chiqish signalining turiga qarab, birxillashtirilgan, tabiiy yoki diskret 
(kontaktli) signallar farq qilinadi. 
Chiqish signallari birxillashtirilgan o'lchash o'zgartkichlari chiqishda 
o'lchanayotgan fizik kattalikning turiga bog'liq bo'lmagan holda maxsus 
qurilmalar yordamida shakllanadigan signallarga ega (ular tegishli davlat 
andozalarida ko'zda tutilgan). 
Chiqish signallari tabiiy bo'lgan o'lchash o'zgartkichlari shunday quril-
malarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiy yo'l bilan shakllanadi, ya'ni 
o'lchanayotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va 
samarali yo'l qo'llaniladi. O'lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga 
qaramay, tabiiy chiqish signallarining turlari, odatda, o'nta bilan chegara-
lanadi: siljish, burilish burchagi, kuchlanishi, vaqt oralig'i, o'zgarmas va 
o'zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks qarshilik, elektr sig'im, chas-
tota (takroriylik). Ba'zi hollarda tabiiy signalli o'lchash o'zgartkichlarining 
asosan lokal nazorat qurilmalarida va uncha murakkab bo'lmagan obyekt-
larni avtomatlashtirishda qo'llanishi iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga 
muvofiqdir. 
Tabiiy signallarni birxillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling