Nasimova Nafisa 5-sinf “Musiqa madniyati ”fanidan 1-soatlik dars ishlanmasi


Download 0.58 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1145576
Bog'liq
5-sinf-dars-ish Nafisa

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI


12-2 MUZ 18 guruh talabasi
Nasimova Nafisa
5-sinf “Musiqa madniyati ”fanidan
1-soatlik dars ishlanmasi
Mavzu: Muxtor Ashrafiyning o’zbek musiqasi rivojidagi o’rni.



BUXORO – 2021
5- sinf.
Mavzu : Muxtor Ashrafiyning o’zbek musiqa rivojidagi o’rni.
Maqsad:
Ta`limiy: DTS asosida o`quvchilarda Muxtor Ashrafiyning hayoti va uning musiqa rivojiga qo’shgan hissasi, o`rni va ahamiyati haqida bilim va ko`nikmalar hosil qilish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarni mehr –oqibat, mehnatsevarlik , ishbilarmonlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda musiqa tinglash, navoni his qilish, kuylash malakalarini rivojlantirish;
Uslubi: Suhbat, munozara, ijro;
Jihoz: darslik, tarqatmalar,plakat,DVD texnik vositasi, fortepiano cholg`u asbobi;
Darsning borishi:Sinfga musiqa bilan kirish, musiqa bilan salomlashish, davomat, sinf ozodaligiga e`tibor berish;
O`qituvchi: Assalom-u alaykum, aziz bolalar,
Musiqani sevuvchi gul-u lolalar.
O`quvchilar: Assalom-u alaykum, hurmatli ustoz,
Sizga va musiqaga ehtirom, e`zoz.
(fortepiano jo`rligida bolalar bilan salomlashish amalga oshiriladi).
O`tilgan mavzuni takrorlash: Savollar:
1. M.Ashrafiy kim? (bastakor, dirijor, katta rahbar)
2.M.Ashrafiy nechta opera va balet yaratgan?(4 ta opera,3 ta balet)
3.Toshkent Davlat konservatoriyasi kimning nomida? (M.Ashrafiy nomida)
4. Muxtor Ashrafiyning Toshkentda yashagan uyi bugungi kunda qanday maskanga aylantirilgan? ( uy- muzey)


Yangi mavzu bayoni: Muxtor Ashrafiyning o’zbek musiqa rivojidagi o’rni.
Muxtor Ashrafovich Ashrafiy (1912.11.6, Buxoro – 1975.15.12, Toshkent) – kompozitor, dirijyor. Oʻzbek operasi asoschilaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida oʻqigan (1928–30). Kompozitsiyadan S. N. Vasilenko, B. S. Shexter, M. O. Shteynberglardan ta’lim olgan. Peterburg konservatoriyasini dirijyorlik boʻyicha tugatgan (1948). 1930-yildan Oʻzbek musiqali teatri, keyinchlik Navoiy nomidagi Oʻzbek opera va balet teatrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, direktori (1967–71), 1944-yildan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi, professor (1953-yildan), rektori (1947–62; 1971–75). Samarqand opera va balet teatrining direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori (1964–66).Birinchi asari – "Sodrash" marshi T. Sodiqov va Sh. Ramazonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan (1929). Us to-zi S. N. Vasilenko bilan hamkorlikda ilk oʻzbek operalari "Boʻron" (Komil Yashin librettosi, 1939) va "Buyuk kanal" (Komil Yashin va Mamajon Rahmonov librettosi, 1940)ni yaratgan. "Qahramonlik" (1942), "Gʻoliblarga shon-sharaflar" (1944) simfoniyalari, "Dilorom" (Komil Yashin va M. Muhamedov librettosi, 1958), "Shoir qalbi" (I. Sulton librettosi, 1960–61) operalari, "Sevgi tumori" (1969), "Matonat" (1971), "Muhabbat va qilich" (1973) baletlari, "Rustam haqida doston" (1975, "Shohnoma" aso-ida) oratoriyasi oʻzbek musiqa madaniya-tiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. "Vaqt taronasi" kantatasi (1952), "Bahor eli" (1937), "Nasriddin Buxoroda" (B. Arapov bilan hamkorlikda, 1942), "Opasingil Rahmonovalar" (1954), "Natashaxonim" (1965), "Koniyut gʻorining siri" (1967), "Semurgʻ" (1972), "Gang uzra tong" (1975) kabi kinofilmlarga musiqa yozgan, sim-fonik poema va syuitalar yaratgan. "Dilorom" operasi asosida birinchi oʻzbek film-operasi yaratildi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) hamda J. Neru (1971), J. A. Nosir (1972) xalqaro mukofotlari laureati. Toshkent konservatoriyasi, koʻchalardan biri A. nomiga quyilgan. Toshkentda Ashrafiy uy-muzeyi tashkil qilingan.

Darsni mustahkamlash: Blis - test
1. "Opera" deganda nima tushuniladi?
musiqa va raqs xarakatlari orqali voqealar yaratish san'ati
lebretto ya'ni sheriy-dramatik p'esa asosida yaratilgan asar d) musiqa sadolari ostida raqsga tushish
2. V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
"Aida", "Ivan Susanin"
"Sehrli nay", "Figaroning uylanishi" d) "Ruslan va Lyudmila", "Buron"
3. Qaysi qatorda sahnaviy-musiqa asarlari tug'ri ko'rsatilgan?
opera, lapar, kantata
orkestr, kantata. syuita
opera, balet, musiqali drama va komediya, operetta
4. J.Bize yaratgan opera qaysi?
"Karmen"
"Qor qiz"
"Aida"
5. P.I.Chaykovskiy qayerlik kompozitor?
Angliyalik Rossiyalik Avstriyalik
6. "Balet" deganda nifnani tushunasiz?
ham kuylab, ham raqsga tushishni
qo'shiq kuylashni
Musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san'ati.
Musiqiy tanaffus : O'quvchilar o'z iqtidorlarini namoyish etdilar.
Darsning yakuni: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantirish, baholash.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib, qo`shiq yuzasidan rasm chizib kelish
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling