- 2-bob. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashni tashkil etish
- 5. Har bir naslchilik xo‘jaligida kamida uchta erkak hayvon tekshirish va baholash uchun tanlab olinadi.
- 6. Tekshirish va baholash uchun tanlab olingan har bir erkak hayvon uchun u bilan juftlashtiriladigan urg‘ochi hayvonlar ham tanlab olinadi. Urg‘ochi hayvonlar naslchilik xo‘jaligining o‘zidan, shuningdek kelishuv asosida boshqa naslchilik xo‘jaliklari yoki naslchilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jaliklardan tanlanishi mumkin.
- 7. Juftlashtirish uchun urg‘ochi hayvonlarni tanlashda quyidagilarga rioya qilish zarur:
- har bir erkak hayvon bilan juftlashtiriladigan urg‘ochi hayvonlar soni 60 boshdan, shu jumladan yosh urg‘ochi hayvonlar soni 20 boshdan ko‘p bo‘lishi;
- juftlashtirishni 2 — 4 oy ichida amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi;
- ota yoki ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlarni juftlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
- tanlangan urg‘ochi hayvonlarning kelib chiqishi bo‘yicha kamida uchta bo‘g‘in erkak ajdodi ma’lum bo‘lishi.
- 8. Har bir nasldor erkak hayvonning kamida 25 nafar erkak va 25 nafar urg‘ochi bolalarida tekshirish olib boriladi hamda ularning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan natijalarning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi.
- 9. Nasldor hayvonlar nasl qiymati, mahsuldorligi, nasl sifati bo‘yicha tekshiriladi.
- 10. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashda naslchilik xo‘jaliklari quyidagi talablarga rioya qilishlari zarur:
nasldor hayvonlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini ta’minlashi; - nasldor hayvonlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini ta’minlashi;
- qishloq xo‘jaligi hayvonlarini maqbul sharoitda saqlashi, parvarishlashi va oziqlantirishi.
- 11. Nasldor erkak hayvonlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholashda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
- naslchilik xo‘jaligining joylashgan manzili;
- nasldor erkak hayvonlarning soni va sifati;
- urg‘ochi hayvonlar soni va sifati;
- urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish va ulardan nasl olish muddatlari;
- olingan yosh avlodlarni o‘stirish va saqlash sharoitlari;
- avlodlarini boshqa erkak hayvonlar avlodlari bilan taqqoslash natijalari.
- 12. Nasldor erkak hayvonlar avlodlarining kunlik o‘sish tezligi o‘sish davrida olingan tirik vaznning ozuqa bilan qoplanishi va ushbu avlodning mahsuldorligi bo‘yicha baholanadi.
- 13. Tekshirilayotgan nasldor erkak hayvonlarning avlodlarini taqqoslash quyidagicha amalga oshiriladi:
- nasldor erkak hayvonning urg‘ochi bolalarini boshqa nasldor erkak hayvonlarning urg‘ochi bolalari bilan taqqoslash;
- nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini onalarining mahsuldorligi bilan taqqoslash;
- nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarini ularning tengdoshlari bilan taqqoslash;
- nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini naslchilik xo‘jaligining ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
- nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini tegishli zot bo‘yicha minimal ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash.
- 14. Tanlab olingan nasldor erkak hayvonlar tekshirish va baholash yakunida podani yaxshilovchi, neytrallashtiruvchi va yomonlashtiruvchi turlarga ajratiladi.
- 15. Podani neytrallashtiruvchi va podani yomonlashtiruvchi deb topilgan erkak hayvonlardan seleksiya-naslchilik ishlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |