- 3-§. Nasldor qo‘chqor va takalarni tekshirish va baholash
- 28. Nasldor qo‘chqorlar va takalarni tekshirish va baholashda Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2574, 2014-yil 9-aprel) asosan, tegishli zot bo‘yicha I klassni baholashda qo‘yiladigan minimal ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lgan hamda bir xil yoshdagi urg‘ochi qo‘y va echkilar tanlab olinadi.
- 29. Qorako‘lchilikda nasldor qo‘chqorlarni tekshirish va baholash uchun urg‘ochi qo‘ylarni tanlashda ularning teri berish xususiyatiga ko‘ra bir xil rangli teri beruvchi tipga yoki har xil rangli teri beruvchi tipga mansub ekanligi inobatga olinadi.
- 30. Nasldor qo‘chqorlar va takalarning avlodlari 15 — 20 kunlikda hamda onasidan ajratilgan paytda — 3,5 — 4,0 oylikda qayta saralanadi.
- 31. Qo‘chqorcha va takachalar 8-9-oyligidan boshlab tekshiriladi.
- 32. Nasldor qo‘chqorlar va takalarning avlodlari egizak tug‘ilganda, ularni baholash natijalariga 1,12 to‘g‘rilash koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
- 33. Nasldor qo‘chqorlar va takalarning avlodlari 4 oylikdan 7 oylikkacha bo‘lgan davrda boquvga qo‘yib semirtiriladi hamda olingan tirik vaznning ozuqa bilan qoplanishi aniqlanadi.
- 34. Qo‘chqorlar va takalarning nasldorligini baholashda qo‘shimcha ravishda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
- ona tomondan qarindosh bo‘lgan urg‘ochi avlodlarning nasl berish xususiyati;
- urg‘ochi qo‘y va echkilarni qochirish sifati;
- olingan naslning hayotchanligi;
- avlodlarining onasidan ajratish paytidagi tirik vazni.
Hisor zotli qo`chqorlar: Foydalanilgan adabiyotlar: - Google
- google.com/search?q=Hisor+qo%60chqorlar&tbm=isch&ved=2ahUKEwixo6yaj9D-AhWHs
- CoKHdPXARwQ2-cCegQIABAA&oq=Hisor+qo%60chqorla
- Maruza matnlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |