Nasoslar nasoslarning kelib chiqish tarixi. Suv uzatish mashinalari haqida tushunchalar
Download 26.88 Kb.
|
NASOSLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- П, Б, Гру
- Markazdan qochma quduq nasoslari
Maxsus markazdan qochma nasoslar
Markazdan qochma ifloslangan suyuqliklar uchun moslangan Ф (фекалный), qum-suv aralashmasi uchun П (песковой), kul-suv aralashmasi uchun Б (багернқй), loyqa uchun Гру (грунтовқй), suvga cho‘ktiriladigan monoblok ЦМПВ, ГНОМ turdagi bir g‘ildirakli nasoslarni maxsus nasoslar deyiladi. Chunki ular maxsus suyuqliklar va maxsus joylarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tuzilishi va ishlash tarzi bo‘yicha K turdagi nasoslarga o‘xshaydi. Lekin ish detallari uzatiladigan suyuqlikka mos ravishda tayyorlanadi. Masalan, Ф turdagi nasoslarda ifloslanishini oldini olish maqsadida ishchi g‘ildiragi kanallari keng va kuraklar soni qam holda tayyorlanadi. Bu esa FIKni kamayishiga sabab bo‘ladi. П, Б, Гру turdagi nasoslarda ishchi g‘ildiragi va ichki oqim detallari eyilishga chidamli materiallardan tayyorlanadi. ЦМПВ turdagi nasoslar toza suv uchun va ГНОМ turdagi nasoslar iflos suyuqliklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nasos va elektr dvigatel germetik qobiqqa monoblok shaklida joylashtiriladi va suvga cho‘ktirib ishlatiladi . Artezian qudug‘i nasoslarini maxsus vertikal quduqlarga mo‘ljallab tayyorlanishini e’tiborga olib, maxsus nasoslar guruhiga kiritiladi. Markazdan qochma quduq nasoslari Quduq nasoslari ko‘p pog‘onali markazdan qochma nasoslar turiga mansub bo‘lib, ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin: transmission valli va cho‘ktiriladigan dvigateli. Transmission valli quduq nasoslari asosan uch qismdan iborat agregatni tashkil etadi (3.13-rasm): I-ko‘p pog‘onali markazdan qochma nasos, (quduqqa tushiriladigan holatda tayyorlangan); II - yer ustiga elektr dvigatel bilan 53 joylashtiriladigan tayanch qismi, III - bosimli quvur va uni ichidan o‘tuvchi va yo‘naltiruvchi podshipniklarga tayanuvchi transmission val (uzunligi 100 m gacha). Uch pog‘onali nasosning tuzilishi 3.13, berilgan. Har bir seksiya 3 qobiq ichida 2 valga mahkamlangan 1 ishchi g‘ildirak, 4 suyri detal va 3 qobiq orasida joylashgan 5 yo‘naltiruvchi moslama kuraklaridan tashkil topgan. Yo‘naltiruvchi moslama ishchi g‘ildirakdan chiqayotgan suyuqlikning sirkulyasiyasini nolgacha pasaytiradi. Seksiyalar o‘zaro shpilka va boltlar bilan birlashtirilgan. Birinchi seksiya oldiga 6 konussimon so‘rg‘ich mahkamlangan bo‘lib, uning o‘rtasida valning yo‘naltiruvchi podshipnigi joylashgan. So‘rg‘ichga 7 kirish to‘ri ulangan. Nasosning oxirgi seksiyasi 8 bosimli quvurga ulanadi. Bosimli quvur alohida 2…3,5 m li zvenolardan iborat bo‘lib, har bir zvenoda valga mahkamlangan va suv bilan sovitiladigan 9 yo‘naltiruvchi podshipniklar o‘rnatiladi. Podshipniklarga qum kirishini oldini olish uchun 10 quvurcha orqali toza suv beriladi. Yuqoridagi tayanch qismini asosiy elementlari 11 yunaltiruvchi va 13 tayanch podshipniklari, 12-salnik va podshipnikning 14 yog‘ vannasi hisoblanadi. Yarimmufta 15 yordamida val 16 gardishga o‘rnatiladigan elektr dvigatelga ulanadi. Transmission valli quduq nasoslarini А, АТН, ЦТВ turlari mavjud (ruscha so‘zlarning birinchi harflari ya’ni A-artezianskiy, T-transmissonnqy val, Н-насос, Ц-центробежный, В-для воды). Ular tarkibida 0,1% gacha qattiq zarrachalar bo‘lgan, harorati 350С gacha quduq suvlarini chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, suv uzatishi Q = 25…1250 m3/soat, bosimi H=25…150 m va FIK 60…70 % chegaralarda ishlab chiqariladi. Transmission valli nasoslar quyidagi kamchiliklarga ega: nasos chuqurda joylashtiriladi va uni ishlashini kuzatish imkoniyati yo‘q; o‘rnatishda va ta’mirlashda ochib - berkitish va yig‘ish ancha qiyin; tuzilishi murakkab; val va nasos detallari tez eyiladi.Cho‘ktiriladigan elektr dvigateli ЭЦВ turdagi quduq nasoslari tarkibida 0,01% gacha qattiq zarrachalari va harorati 35ºS gacha bo‘lgan noagressiv quduq suvlarini chiqarishga mo‘ljallangan (bu erda ЭЦВ ruscha so‘zlarning birinchi harflari ya’ni Э -elektr dvigateli maxsus cho‘ktiradigan holda tayyorlangan, Ццентробежный, В-для подачи воды). Bunday nasoslar suv uzatishi Q=3…700 m3/soat, bosimi H=15…650 m, FIK 40…75% chegaralarda ishlab chiqariladi. Nasos va dvigatel bir butun monoblok shaklda tayyorlanib quduqdagi dinamik suv sathidan pastga o‘rnatiladi. Dvigatelga elektr energiya er ustidan maxsus kabel orqali yuboriladi. Nasos agregatlariga markazdan qochma yoki diagonal ishchi g‘ildiraklar o‘rnatilib, ular valga mahkamlangan yoki o‘q bo‘yicha harakatlanadigan holda bo‘lishi mumkin Ishchi g‘ildiragi va yunaltiruvchi moslama.poliamid,polistirol, polipropilen, bronza, cho‘yan, po‘lat, qobig‘i-cho‘yan, po‘lat, val-po‘lat,sirpanma radial podshipniklar – rezina materiallardan tayyorlanadi. Suvni orqaqaytishini to‘sish uchun suv uzatish quvuriga sharsimon yoki tarelkasimon teskari qopkoq o‘rnatiladi ikki pog‘onali ishchi g‘ildiragi 1 diagonal shakldagi nasos tasvirlangan. Ishchi g‘ildirakdan chiqqan suyuqlik yo‘naltiruvchi moslama 2 yordamida keyingi pog‘onaga uzatiladi. Asinxron dvigatelning 4 stator o‘ramlari plastmassa bilan qoplangan va namlik sig‘imi nolga teng holda tayyorlangan. Unga maxsus 5 kabel orqali tashqaridan elektr energiya beriladi. Nasos va dvigatel 7 mufta yordamida ulangan. Yo‘naltiruvchi podshipnik suvli moylanadi va tovon ostidagi gardishi 8 o‘qiy kuchlarni qabul qiladiЭЦВ turdagi nasoslarni uzoq muddat ishlashini ta’minlovchi asosiy omil elektr dvigatel ichiga qattiq abraziv zarrachalar kirishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Buning uchun turli konstruktiv echimlardan foydalanish mumkin. Masalan, keltirilgan nasos agregatida elektr dvigatel toza suvga to‘ldiriladi va 9 manjet zichlagich bilan uzatilayotgan suvdan ajratib turiladi. Quduq nasoslari uchun asosan qisqa tutashuv rotorli ПЭДВ belgili asinxron dvigatellar qo‘llanadi Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling