Насослар, насосларнинг тузилиши ва иш унумдорлиги классификациялари


Konvektiv quritkichlarning turlari, ularning tuzilishi


Download 4.42 Mb.
bet11/21
Sana13.11.2023
Hajmi4.42 Mb.
#1770925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Íàñîñëàð, íàñîñëàðíèíã òóçèëèøè âà èø óíóìäîðëèãè êëàññèôèêàöèÿë

Konvektiv quritkichlarning turlari, ularning tuzilishi
va ishlash prinsiplari. Kontaktli quritkichlar

Sanoat korxonalarida qoollaniladigan turli tipdagi quritkichlar quyidagi belgilarga koora turkumlarga ajratiladi:


- nam materialga issiqlik berish usuliga koora - konvektiv va kontaktli quritgichlar;
- foydalaniladigan issiqlik tashuvchi agent turiga koora - havo, suv bui yoki boshqa turdagi gazlar bilan ishlovchi quritkichlar;
- quritish kamerasidagi ishchi bosim qiymatiga koora – atmosfera bosimi yoki vakuum ostida ishlovchi quritgichlar;
- jarayonni tashkil etilishi booyicha - davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar.
Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan toori (parallel), qarama-qarshi yoki oozaro kesishuvchi (perpendikulyar) yoonalishlarda harakat qilishi mumkin.

Quritilayotgan material donador, kukunsimon, pastasimon yoki suyuq holatda booladi. Donador materiallar zich yoki kengaytirilgan qatlamda, mavhum qaynash va fontansimon holatlarda quritiladi. Pastasimon yoki suyuq mahsulotlar ularni purkash yooli bilan quritiladi.


Qurituvchi agentning ishchi kameradagi bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya ishlatiladi. Qurituvchi agent (havo) suv bui, issiq suv va qozonxona tutunlari bilan bilan ishlaydigan kaloriferlarda ishchi haroratlargacha qizdiriladi.
Quritish jarayonida qurituvchi agentdan turli xil variantlarda foydalaniladi, masalan: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, undan takroran foydalanish; qurituvchi agentni quritish kamerasida qӯshimcha tarzda qizdirish, uni quritish kameralari oraliida qizdirish; qurituvchi agentni quritish kameralariga boolib berish; oozgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo.
Sanoat korxonalarida konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda jarayon nam material va qurituvchi agentning bevosita kontakti orqali amalga oshiriladi. Konstruk-tiv tuzilishiga koora konvektiv quritgichlarning kamerali, tunnelli (koridor-li), shaxtali, lentali, barabanli, shnekli, karuselli, mavhum qaynash qatlam-li, mahsulotni sochib beruvchi, pnevmotrubali va boshqa turlari mavjud.
Konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qoollanilayotgan barcha turdagi quritish uskunalarining taxminan 80% ini tashkil etadi. Ularning deyarli yarmi sochiluvchan materiallarni quritish uchun qoollaniladigan barabanli uskunalardir.
Quyida oziq-ovqat sanoati korxonalarida qoollaniladigan ayrim quritish uskunalarining turlari va ularning ishlash prinsiplari bilan tanishamiz.

Download 4.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling