Насослар, насосларнинг тузилиши ва иш унумдорлиги классификациялари


Download 4.42 Mb.
bet13/21
Sana13.11.2023
Hajmi4.42 Mb.
#1770925
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Íàñîñëàð, íàñîñëàðíèíã òóçèëèøè âà èø óíóìäîðëèãè êëàññèôèêàöèÿë

Barabanli quritgichlar sochiluvchan materiallarni (masalan, shakarni) atmosfera bosimi ostida uzluksiz ravishda quritish uchun ishlatiladi. Uskunaning asosiy qismi silindrik barabandan iborat boolib, u gorizontga nisbatan 3÷6o oish burchagi bilan joylashtiriladi (12-rasm). Baraban bandaj va roliklar yordamida ushlab turiladi. Baraban korpusga mahkamlangan tishli belbo va reduktor orqali, elektrodvigatel yordamida aylantiriladi.
Nam material taominlagich orqali qabul qiluvchi vintli nasadkaga beriladi. Bu yerda material aralashtirish taosirida bir oz quriydi va baraban ichiga uzatiladi. Barabanni material bilan toolish darajasi 25%dan ortmaydi.
Barabanning butun uzunligi booyicha turli xildagi nasadkalar 2 joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning koondalang kesim yuzasi booylab nam materialni bir meoyorda tarqatish va aralashtirishni taominlaydi. Bunday sharoitda materil bilan qurituvchi agentning oozaro taosiri samarali booladi.
Baraban ichida material va qizdirilgan havo bir-biriga nisbatan parallel yoki qarama-qarshi yoonalishlarda xarakatlanishi mumkin.
Barabandagi mahsulotning oota qizib ketishini oldini olish maqsadida jarayon parallel yoonalishda tashkil etiladi, chunki bunday sharoitda yuqori haroratli qurituvchi agent katta namlikka ega boolgan material bilan kontaktlashadi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5÷1,0 m/s, katta boolakli materiallar uchun 3,5÷4,5 m/s dan ortmasligi kerak.

12-rasm. Barabanli quritgich sxemasi: 1- yuklash bunkeri; 2- tarqatuvchi kurakchalar; 3- bandaj; 4- qurituvchi baraban; 5- siklon; 6- ventilator; 7- bunker; 8- shnekli transportyor; 9- tirgovchi rolik; 10- reduktor; 11- tayanch roliklari.


Ishlatilgan havo barabandan ventilator 5 orqali soorib olinadi va atmosferaga chiqarilishidan oldin siklonda 5 mahsulot changidan tozalanadi. Quritilgan material tushiruvchi bunker 7 va shnekli transportyor 8 orqali barabandan tashqariga chiqariladi.
Quritiladigan material donalarining oolchamlari va xossalariga koora barabanli quritkichlarda har xil nasadkalardan foydalaniladi (30.13-rasm). Katta boolakli va qovushqoq xususiyatga ega materiallarni quritish uchun kootaruvchi parrakli nasadkalar (13-rasm, a-sxema), yomon sochiluvchan, katta zichlikka va oolchamga ega boolgan materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar (13-rasm, v-sxema) ishlatiladi. Kichik boolakli, tez sochiluvchan materialarni quritish uchun tarqatuvchi nasadkalar (13-rasm, v- va g-sxemalar) keng ishlatiladi. Kukunsimon materiallarni berk yacheykali dovonsimon nasadkalari boolgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiq (13-rasm, d-sxema). Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan foydalaniladi.
Baraban uzunligini uning diametriga nisbati L/D=3.5÷7 boolishi tavsiya etiladi. Baraban diametri 1200÷ 2800 mm, uning aylanishlar soni 5÷6 min-1.
Barabanli quritgichlarda materialning yaxshi aralashtirilishi natijada qattiq va gaz fazalari oortasida uzluksiz kontakt yuz beradi. Barabanli qurilmalar katta miqdordagi mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi. Ularning bulanayotgan namlik booyicha ish unumdorligi 100÷120 kg/(m3 soat).

Download 4.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling