Nasoslarni tuzilishi, parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqa ko’rsatkichlariga qarab turlicha klassifikasiyalash usullari mavjud


Porshenli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 242.33 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi242.33 Kb.
#1608656
1   2   3   4
Bog'liq
1 laboratoriya ishi porshenli va kurakchali nasoslarni tavsifnom

Porshenli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning so’rilishi va haydalishi porshenning silindrda ilgarilanma-qaytma harakat qilishiga asoslangan. Bunda porshen 3 (10.1- rasm) tarkibida shtok 2 bo’lgan krivoship-shatunli mexanizmi yordamida harakatga keladi. Porshen silindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish bo’shlig’ining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo’ladi. Bu siyraklanish ma’lum bir chegaraga etganida ish bo’shlig’idagi bosim ps bilan tovonli klapan 7 ostidagi xrapovikda bo’lgan bosim orasidagi farq so’rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so’rish trubasi 6 orqali ish bo’shlig’iga kiradi. Ish bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgandan so’ng porshen silindr ichida ilgarilanma (olodinga) harakat qila boshlaydi. Natijada ish bo’shlig’ida bosim ortib, so’rish klapani yopiladi. Ish bo’shlig’idagi bosim px ga etganda haydashklapani ochilib, suyuqlikhaydashtrubasiga o’ta boshlaydi. Shu tariqa sikl takrorlanadi.

Markazdan qochma nasosning tuzilishi va ish prinspi

2.2-rasm. Markazdan qochma nasos: 1—val, 2—ish g’ildiragi, 3—kuraklar,
4—nasos, 5—korpus, 6—diffuzor.
Odatda, markazdan qochma nasosning ish g’ildiragi shunday joylashtiriladiki, suyuqlikuning atrofidagi bo’shliq orqali o’tib, so’ngra o’qdan radius bo’yicha uzoqlashadi. Nasoslarning tuzilishi turlicha bo’ladi. 10.2-rasmda markazdan qochma nasosning sxemasi keltirilgan bo’lib, u nasosning ishlash prinsipini shartli ravishda ko’rsatadi. So’rish trubasi orqali ta’minlovchi idishdan ko’tarilgan suyuqlik kameraning o’rta qismiga kiradi. So’ngra val 1 orqali harakatga keltiriluvchi ish g’ildiragi 2 ning kuraklari 3 orasidan o’tib, n asos kamerasi 4 ga tushadi. Bu erda markazdan qochma kuch ta’sirida hosil bo’lgan bosim suyuqlikni haydash trubasiga siqib chiqaradi. Suyuqlikning haydash trubasida ma’lum miqdordagi tezlik bilan oqishini ta’minlashi uchun o’tkazuvchi kamera, yo’naltiruvchi apparat va diffuzor kabi bir qancha maxsus moslamalardan foydalaniladi. Nasosdagi so’rilish qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik sathiga ta’sir qiluvchi bosim bilan so’rish trubasidagi siyraklanish bosimi orasidagi farq hisobiga amalga oshadi. Bunda aytilgan bosimlar farqi so’rish balandligini, so’rish trubasidagi qarshiliklarni engishga va suyuqlikka tezlik berishga sarf bo’ladi. Bu tezlik suyuqlikning kameraga va so’ngra parraklar orasidagi kanalga kirishiga yordam beradi. Tabiiyki, bunda ta’minlovchi idish bilan so’rish trubasidagi bosimlar farqi so’rilayotgan suyuqlik bug’lari bosimidan kam bo’lmasligi kerak. Haydash balandligi markazdan qochma nasos engishi mumkin bo’lgan eng yuqori balandlik bo’lib, g’ildirakning tashqi aylanmasidagi tezlik qancha katta bo’lsa, u ham shuncha katta bo’ladi. Aylanma tezlik esa nasos g’ildiragi diametrining kattaligi va aylanish soniga bog’liq.
Nasos korpusining tuzilishi ham haydash balandligining yuqori bo’lishiga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun nasosning korpusida so’rilish yo’li, spiral yo’li va yo’naltiruvchi apparatlar moslangan bo’ladi.

Download 242.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling