Nasritdinov muhammadjon ismoil o'G'LI. doc


Download 101.08 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi101.08 Kb.
#1409696
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Furqat kurs ish (1)



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʼBEK NOMIDAGI
OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI

KURS ISHI




MAVZU: ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR "BOBURNOMA" ASARI MANBA SIFATIDA
Qabul qildi:
Bajardi: Barotov Furqat
Toshkent-2023
KIRISH…………………………………………………….................... 3-6-betlar

  1. BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARINING YARATILISH TARIXI

    1. Zahiriddin Muhammad Bobur qomusiy olim……...……7-14-betlar

    2. “Boburnoma” asari va uning yaratilish tarixi……………14-20-betlar


  1. BOB. “BOBURNOMA” ASARIDA TARIXIY MAʼLUMOTLAR TAHLILI

    1. “Boburnoma” tarixiy manba sifatida……………………..21-35-betlar

    2. “Boburnoma” etnografik manba sifatida…………………36-44-betlar

Xulosa..…………………………………………………………45-47-betlar
Foydalanilgan adabiyotlar.............................………………………48-bet

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Milliy mustaqillik mafkurasini shakllantirish va komil insonni tarbiyalash ilmiy, tarixiy va ijtimoiy dolzarb mavzulardan ekanligi, bu borada xalqimizning ma’naviy, falsafiy merosini, har tomonlama o‘rganishni taqozo qiladi.
Tarixdan ma’lumki, iqtisodiyot qanchalik rivojlangani sayin jamiyatda ma’naviyat va ma’rifatga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, uzoq yillar, asrlar mobaynida sayqallanib, rivojlanib kelayotgan ma’naviy merosimiz jamiyatimizning ham moddiy, ham ma’naviy taraqqiyotida beqiyos va ahamiyatlidir. Ushbu ma’naviy merosni zamonaviy-tarixiy qarashlar nuqtai nazardan tadqiq etish ham ilmiy, ham ijtimoiy-amaliy ahamiyatga egadir. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ham shundadir.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning ma’naviy-axloqiy negizlari to‘g‘risida to‘xtalib, bu negizlar umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish, Vatanparvarlik1 ekanligini ko‘rsatib o‘tganlar. Shu nuqtai nazardan tadqiqot mavzusining dolzarbligi quyidagilarda ko‘rinadi.
O‘zbek xalqi ma’naviy merosi va muqaddas qadriyatlarining katta qismini ajdodlarimiz tomonidan yaratilagan asarlar tashkil etadi. Bular jumlasiga, zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”, Alisher Navoiyning “Xamsa”si va boshqa ko‘plab nodir yodgorliklarni ko‘rsatish mumkin. Mana shunday nodir va qimmatli manbalardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari hisoblanadi. Bugungi kunda ana shunday ma’naviy qadriyatlarimizni zamonaviy ilmiy usullar bilan tadqiq qilishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrining mazmuni anglashi, avvalombor, ruhiy poklanish, yahshilikka va ezgulikka intilib yashashda uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi”2.
“Boburnoma” asari Movarounnahr, Xuroson, Hindiston singari tarixiy hududlarda XV asr oxiri XVI asrning boshlarida sodir bo‘lgan voqealar, bu davrda yashab o‘tgan tarixiy shaxslar, toponomik va etnografik ma’lumotlarga boy tarixiy manbaa hisoblanadi. Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan hududlarda bugungi kunda O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston singari davlatlar mavjud bo‘lib, avvalo xalqimizning o‘ziga xos tarixini, balki, ana shu davlatlarda yashagan qardosh xalqlar tarixini o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazish dolzarb va ahamiyatli masala sifatida eng muhim vazifamiz hisoblanadi.

Download 101.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling