Farg`ona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim”


Download 434.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana03.02.2023
Hajmi434.46 Kb.
#1155968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulsevar333



 
FARG`ONA DAVLAT 
UNIVERSITETI 
Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” 
fakulteti 21.33- guruh talabasi
Meliqo`ziyeva Gulsevarxonning
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan
KURS ISHI 
Mavzu: “Kaykovusning “Qobusnoma” asari va 
uning tarbiyaviy ahamiyati 
 
Bajardi:
Meliqo`ziyeva . G 
Tekshirdi: Sodiqova G.
FARG`ONA-2O23 
 



Reja 
Kirish.......................................................................................................................3 
I BOB Kaykovusning “Qobusnoma” asari va uning tarbiyaviy ahamiyati.8 
1.1. “Qobusnoma” asarining yaratilish tarixi...........................................................8 
1.2. “Qobusnoma” bolalarni ma’naviy ahloqiy tarbiyalash vositasi…………......9 
1.3. “Qobusnoma”da bolalarga kasb-hunar, xulq-odob o’rgatish masalalari…....32 
1.4. “Qobusnoma”ning pedagogik-psixologik g’oyalaridan ta’lim-tarbiyaviy 
ishlarda foydalanish…………………..…………………………………….…….39 
Xulosa …………………………………………………………………………....43 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………………........46 



Kirish 
O’zbek xalqi tarixida qolaversa, Respublikada yashaydigan barcha
millatlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik voqea sodir bo’ldi. 
Mustaqillik erkin xalq bunyod etgan mustaqil davlatning tabiiy bir holatidir. 
So’nggi yillarda mamlakatimiz hududida birinchi Prizidentimiz I.A.Karimovning 
tashabbusi bilan bir qancha ishlar amalgam oshirildi va oshirilmoqda. Shu 
munosabat bilan o’zligimizni anglash, qadimiy qadriyatlarimiz buyuk 
bobokalonlarimizning o’tmishdagi madaniy merosi, nodir qo’lyozma asarlarini 
o’rganishga tobora qiziqish hozirgi kunimizning dolzarb masalalaridan biriga 
aylanib bormoqda. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon, milliy qadriyatlari-miz, 
an’analarimiz, urf-odatlarimiz tiklana boshlandi. Chor Rossiyasi tomonidan 
Turkiston xalqlarining bosib olinishi natijasida tilimizga, madaniyatimizga milliy 
an’ana va udumlarimizga eskilik sarqiti deb qaraldi. O’sha paytdan boshlab, 
Evropacha madaniyat yashash tarzi xalqimiz ongiga singdirila boshlandi. Natijada 
milliyligimizdan chetlasha boshladik. O’zbek millati farzandlari o’z tarixini
milliy madaniyatini o’rganishdan bebaxra bo’lib qoldilar, ma’naviy jihatdan 
o’sishga ziyon yetdi.
Istiqlol sharofati bilan, dinimiz millatimiz urf-odat, an’analarimiz qadimiy 
ma’naviyatimiz yana o’zimizga qaytib keldi. Yoshlarni umuminsoniy va milliy 
qadriyatlar asosida tarbiyalashda ma’daniy merosdan keng foydalanish milliy 
ma’daniyatimiz 
ravnaqida 
muhim 
o’rin 
tutadi. 
O’tmishdagi 
ilg’or 
mutafakkirlarimizning dono fikrlari, o’git, pand-nasihatlari, tafakkur mevalari, 
ijodiy yutuqlarini o’rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytiradi, yosh 
avlodning komil inson bo’lib voyaga yetishda muhim vosita bo’lib hizmat qiladi. 
Shunday ekan, biz ularni ilmiy va amaliy jihatdan chuqur o’rganmog’imiz, ilgari 
surilgan g’oyalarni anglab yetmog’imiz va yosh avlod ongiga singdirmog’imiz 
lozim.
Shu maqsadda biz, XI asrda yashab o’tgan va o’zining ahloqiy qarashlarini, 
o’gitlari, pand-nasihatlarini meros qilib qoldirgan, Eron va Markaziy Osiyoda 



taniqli allomalardan biri, Unsurulmaoliy Kaykovusning pedagogik qarashlarini 
malakaviy bitiruv ishi mavzusi qilib tanladik. Kaykovusning bizgacha yetib 
kelgan faqat birgina “Qobusnoma” asari ma’lum. Bu asar Sharq olamida muhim 
ilmiy-tarbiyaviy va pedagogik ahamiyatga ega ekanligi bilan qadrlanadi. 
Kaykovus Eronlik yozuvchi bo’lishiga qaramay, uning ijodidan Markaziy Osiyo 
xalqlari madaniyatiga taaluqli bo’lgan fikrlar, qarashlar, nasihatlar o’rin olgan.

Download 434.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling